Kasbiy psixologiya


Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish
Shu vaqtgacha psixologiya ilmida shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lib 
o‘rganishga juda katta e’tibor qaratilgan. Bir qancha davriy sxemalar ham taklif 
etilgan. Lekin shu sohada astoydil ijod qilgan har qanday olim o‘zining 
«davrlarini» taklif etavergan. Bu tushunarli, zero insonning hayotiy yo‘li va uning 
asosiy lahzalari tarixiy taraqqiyot mobaynida o‘zgaradi, bir avloddan ikkinchi 
avlod taraqqiyotiga o‘tishning o‘zi ham qator o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
Davrlarga bo‘lishga qaratilgan klassifikatsiyalarning o‘zi ham ikki turli 


85 
bo‘ladi: juz’iy (alohida davrlarni yana qo‘shimcha davrlarga bo‘lish - «davrlar 
ichidagi davrlar») va umumiy (inson umrining barcha bosqichlarini o‘z ichiga 
olgan). Masalan, juz’iy klassifikatsiyaga J. Piajening intellekt rivojlanishini 
bosqichlarga bo‘lishini kiritish mumkin. U bu taraqqiyotni 3 bosqichda tasavvur 
qilgan: 

sensomotor intellekt bosqichi (0 - 2 yosh). Bunda asosan olti bosqich 
farqlanadi; 

konkret operatsiyalarni bajarishga tayyorlash va uni tashkil etish bosqichi 
(3 - 11 yoshlar); 

formal operatsiyalar bosqichi (12 - 15 yoshlar). Bu davrda bola nafaqat 
bevosita ko‘rib turgan narsasi, balki mavxum tushunchalar va so‘zlar vositasida 
ham fikr yurita oladi. 
D.B. Elkoninning yosh davrlari bosqichlari ham shu guruhga kiradi va u 
ham bolalikning uch davrini farqlaydi: ilk bolalik, bolalik va o‘smirlik. Har bir 
bosqichning o‘ziga xos yetakchi faoliyati, o‘zgarishlari va rivojlanish shart - 
sharoitlari mavjud bo‘ladi va ularni bilish tarbiyachilar uchun katta amaliy 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Har bir bosqichda faoliyat motivlari ham o‘zgaradi, 
ularning o‘zgarishi shaxs ehtiyojlari va talablari darajasining o‘zgarishiga mos 
tarzda ro‘y beradi. 
Inson 
hayotining 
barcha 
davrini 
yaxlit 
tarzda 
qamrab 
olgan 
klassifikatsiyalardan biri butun jahon olimlarining qaroriga ko‘ra, 1965 yili fanlar 
akademiyasining maxsus simpoziumida qabul qilingan sxema hisoblanadi. U 
quyidagi jadvalda keltirilgan. U B.G.Ananev, chet ellik olim Birrenlar taklif etgan 
klassifikatsiyaga yaqin bo‘lib, umumlashtirilgan toifalashdir. 


86 
Jadval.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin