Kasbiy psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

O‘spirinlik davri.
Yuqori sinfga o‘tgan o‘spirin psixologiyasining o‘ziga 
xosligi shundaki, u hozirgi paytini, buguni va ertasini kelajak nuqtai nazaridan, 
istiqbolga nazar bilan qabul qiladi. Aynan shu davrga kelib, o‘spirin turli kasblarga 
qiziqa boshlaydi, o‘zining kelajakda kim bo‘lishini tasavvur qila boshlaydi. 
Demak, o‘z-o‘zini professional nuqtai nazardan ajratish, tasavvur qilish - 
o‘spirinlikning eng muhim yangiligidir. Professional taraqqiyotning asosiy 
bosqichlarini ajratar ekan, E.A.Klimov (1996), alohida 
«optatsiya»
(lotincha so‘z: 
optatio - xoxish, tanlov) bosqichini ajratadi va uning xarakterli tomoni - odam 
tomonidan professional taraqqiyotning bosqichi tanlanishidir, deb e’tirof etadi. 
Optatsiya bosqichi 11 - 12 yoshdan 14 - 18 yoshgacha bo‘lgan taraqqiyot davrini 
o‘z ichiga oladi. 
Biror aniq kasb - xunarni tanlash va o‘z faoliyatini shunga yo‘naltirish 
o‘spirin shaxsi uchun juda katta ahamiyatga ega. Ana shunday tanlovning adekvat 


91 
va to‘g‘ri bo‘lishi o‘spirindagi bilish bilan bog‘liq qiziqishlar va professional 
yo‘nalishning shakllanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Professional qiziqishlar 
shakllanishining o‘zi olimlar tomonidan to‘rt bosqichli jarayon sifatida qaraladi. 
Uning 
birinchi bosqichi
12-13 yoshlarga to‘g‘ri keladi va o‘ta o‘zgaruvchanligi, 
shaxsdagi bilish jarayonlari va asl iqtidor bilan bog‘lanmaganligi bilan 
xarakterlanadi. 14-15 yoshlarga to‘g‘ri keladigan 
ikkinchi bosqichda
qiziqishlar 
paydo bo‘ladi, ular ko‘p bo‘lib, bevosita bolaning bilish imkoniyatlari va shaxsiy 
xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Uchinchi bosqichda
- 16-17 yoshlarda 
qiziqishlarning shunday integratsiyasi ro‘y beradiki, ular avvalo jinsiy xususiyatlar 
va shaxsdagi individual xususiyatlar bilan bog‘liq xolda rivojlanadi. Masalan, 
qizlar va o‘g‘il bolalar o‘zlariga mos va yarashadigan kasb-hunarni tanlay 
boshlaydilar. L.Golovey (1996) fikricha, 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin