70
Temperament deganda biz, odatda, kishining tabiiy tug‘ma xususiyatlari
bilan bog‘liq bo‘lgan individual xususiyatlarini tushunamiz.
I.P.Pavlov temperamentni quyidagicha ta’riflaydi. «Har bir ayrim kishining
va shuningdek, har bir ayrim hayvonning ham eng umumiy xarakteristikasidir, har
bir individning butun faoliyatlariga muayyan qiyofa beradigan nerv sistemasining
asosiy xarakteristikasidir». (Polnoe sobranie sochineniy, III tom, 2-kitob, 103-bet).
Temperament, psixologik jihatdan olganda, kishidagi hissiyotning
qo‘zg‘alishlarida va kishidagi umumiy harakatchanlikda ko‘rinadigan individual
xususiyatdir.
Har qaysi kishidagi hissiyotning qo‘zg‘alish tezligi, kuchi va barqarorligi
har xil bo‘ladi. Bir xil odamlarning hissiyoti tez, kuchli qo‘zg‘aladi va barqaror
bo‘ladi. Ba’zi kishilarda esa bunday qo‘zg‘alish sust, zaif bo‘lib, uzoqqa
bormaydi. Temperamentning bunday xususiyatlari kishidagi hissiyotning
qo‘zg‘alishlari bilan birga, organizmning atrofdagi muhit ta’siriga javoban
ko‘rsatadigan ixtiyorsiz reaksiyalarida ayniqsa yaqqol ko‘rinadi. Bu xususiyatlar
tashqi tomondan kishining mimikalarida, pantomimikalarida, har xil beixtiyor ish-
harakat va imo-ishoralarida ko‘rinib turadi. Kishi hissiyotining bunday
qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatlari diqqatning kuchi va barqarorligida, iroda
sifatlarida, aqliy jarayonlar, jumladan, nutq tezligida aks etadi. Mana shunday
ixtiyorsiz faollikning qanday yuz berishiga qarab, bir xil odamlarni «tez»,
«betoqat», «serg‘ayrat», «jo‘shqin» deymiz. Ba’zilarini esa «sustkash»,
«lapashang» va hokazolar deb yuritamiz. Bu xildagi individual xususiyatlardan
kishining temperamenti (mijozi) tarkib topadi.
Ayrim temperamentlarning alomatlari kishining bolalik chog‘larida
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: