Kasbiy psixologiyadan ma’ruzalar 1-mavzu


Kasblar psixologiyasini mustaqil fan sifatida shakllanishini 3-bosqichni ajratish mumkin



Yüklə 85,11 Kb.
səhifə2/22
tarix29.04.2023
ölçüsü85,11 Kb.
#104574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1 МАЪРУЗА СИРТКИ

Kasblar psixologiyasini mustaqil fan sifatida shakllanishini 3-bosqichni ajratish mumkin.

  • XIX-asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishini paydo bo‘lishi, shuningdek, psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va shu usullarini ratsionalizatsiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab chiqarish ta’limining shakllanishi masalalariga e’tiborning kuchayishdir.

  • XX-asr boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalallari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi.

  • XX-asrning 70-yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarining hal qiluvchi mehnat psixologiyasi va industrial psixologiyadagi vazifalarning paydo bo‘lishi, mehnat psixologiyasining bu sohasi profpsixologiya yoki kasblar psixologiyasi deb nomlana boshladi. Kasb psixologiyasi doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash, va kasbshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil ilmiy fan sifatida kasb psixologiyasi yuzaga keldi va bu AQSHlik olimlar J. Kritets va D. Super ishlarida ko‘zga tashlangan.

Kasb psixologiyasi fanining maqsad va vazifalari. Kasb psixologiyasi-bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarini, shuningdek shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir.
Kasb psixologiyasining predmeti - shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganadi.
Kasb psixologiyasining ob’ekti - shaxsning kasb bilan xamkorligi yoki o‘zaro bog‘liqligidan iborat.
2. Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo‘lib u o‘zining tadqiqot predmeti va ob’ektiga ega. SHu jihatdan aynan u mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining ob’ekti va predmetidan farqlanadi. Mazkur farqlar jadvalda qo‘yidagicha ifodalaniladi.

Psixologiya fanlarining tarmoqlari.

Tadqiqot predmeti.

Tadqiqot ob’ekti.

Mehnat psixologiyasi

Mehnat faoliyatining psixologik qonuniyatlari va xususiyatlari

Mehnat faoliyatining yangi va uning psi xologik, bajaruvchilik tavsiflari

Muhandislik psixologiyasi

Inson va texnikaviy tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning psixologik qonuniyatlari

Inson-mashina tizimi .

Pedagogik psixologiya

Ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlari

Ta’lim oluvchi va tarbiyalanuvchi shaxs .

YOsh davrlar psixologiyasi

SHaxsning ontogenezda rivojlanishining psixologik qonuniyatlarini

SHaxsning ontogenezda psixik rivojlanishi

Kasb psixologiyasi

SHaxsni kasbiy shakllanishining psixologik qonuniyatlari

SHaxsning inson kasb tizimida kasbiy rivojlanish




Yüklə 85,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin