Kurs ishining vazifalari: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo ta’limining asosiy vazifalari:-o‘quvchilarni kimyoviy jarayonlar, kimyoviy modda, moddaning tuzilishi va xossalari, moddalarning olinishi, kimyoviy til, eng muhim kimyoviy tushunchalar va qonunlar, nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarishning texnologiyasi, Respublikamizda kimyo sanoatining erishgan yutuqlari, tabiat va jamiyatga kimyoviy ishlab chiqarishning ekologik ta’siri haqidagi bilimlar bilan tanishtirish;-kimyodanmasalalarni mustaqil ishlash, kimyoviy jarayonlarni kuzatish va ularni tushuntira bilish ko‘nikmalarini shakllantirish;
Kurs ishining tuzilishi:Kurs ishi kirish 3 ta bob 6 ta paragraf xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
1.1 Kationlarning analitik klassifikatsiyasining metodikasi Analitik kimyo fani zamonaviy fan sifatida uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida vujudga keldi. Analitik kimyo fani fan sifatida XVIII–XIX asrlarda shakllana boshladi. XVIII asrda I. Rixter tomonidan stexiometriya qonuni, J. L. Prust tomonidan modda tarkibining doimiylik qonuni, M. V. Lomonosov va A. L. Lavuazye tomonidan modda massasining saqlanish qonuni kashf qilindi. Buning natijasida kimyogar–analitiklar sifat va miqdor analizining turli usullariga ega bo`ldilar: cho`ktirish jarayonlari, ajratib olish, moddaning analitik shaklini tayyorlash usullari rivojlantirildi, gaz analizining asosi yaratildi. XIX asr boshlarida turli xil ishlab chiqarish jarayonlarining keskin o`sishi fabrikalarda analitik xizmatlarni yo`lga qo`yish imkonini berdi. Yangi kimyoviy elementlarning aniqlanishi, xom–ashyo manbalarini izlash analitik kimyoning rivojlanishiga katta hissa qo`shdi. Bu davrga kelib J. Dalton tomonidan karrali nisbatlar qonuni, J. Gey–Lyussak tomonidan hajmiy nisbatlar qonuni, Y. Ya. Berselius tomonidan elektrokimyoviy dualizm nazariyasi ishlab chiqildi. XIX asr o`rtalarida moddalarning xususiy reaksiyalari haqidagi ma`lumotlar paydo bo`ldi va sifat va miqdor analizining shakllangan tizimlari yozilgan dastlabki darsliklar vujudga keldi (G. Roze, K. Frezenius, F. Mor, N. A. Menshutkin). Bu davrda organik element analizi usuli ishlab chiqildi.