1.2 Kationlarning H,S li analiz metodikasi boʻyicha klassifikatsiyasi Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
a) Sifat analizi usullari.
Ayni aniqlash–aniqlanayotgan kimyoviy birikmaning fizik–kimyoviy xossalari asosida oldindan ma`lum bo`lgan modda bilan solishtirish orqali aniqlash. Buning uchun aniqlanayotgan birikmaning fizik–kimyoviy xossalari (agregat holati, rangi, eruvchanligi va h. z.) aniqlanadi va mavjud bo`lgan modda fizik–kimyoviy xossalari bilan solishtiriladi.
Aniqlash–aniqlanayotgan ob`ekt tarkibida u yoki bu asosiy komponentlar, aralashmalar, funksional guruhlar bor yoki yo`qligi aniqlanadi.
b) Miqdor analizi usullari–aniqlanayotgan ob`ektda u yoki bu tarkibiy qismning miqdori (massasi yoki konsentratsiyasi) aniqlanadi.
Demak, ayni aniqlash usuli «Bu nima?», aniqlash usuli «Ob`ektda u yoki bu modda bormi?», miqdor analizi usuli «Ob`ektda uning massasi qancha?» kabi savollarga javob beradi.
Sifat analizi usuli ikkiga bo`linadi: kationlarni aniqlash va anionlarni aniqlash. Miqdor analizi usuli esa quyidagi turlarga ajratiladi: gravimetrik analiz usuli, hajmiy analiz usuli, cho`ktirish usuli, kompleks hosil qilish usuli, fizik–kimyoviy tekshirish usullari.
II BOB. TAJRIBAVIY QISM 2.1 Kerakli reaktiv va jihozlar Kerakli reaktiv va jihozlar: metil spirt, etil spirt, butil spirt, benzil spirt, natriy, 5 % li kaliy bixromat eritmasi, 1 n sulfat kislota, 0,1 n kaliy permanganat eritmasi, fuksinsulfat kislota, kons.sulfat kislota, glitserin, 5 % li mis sulfat eritmasi, 1 M o’yuvchi natriy eritmasi, 25 ml n - butil spirt, sulfat kislota(d – 1,84), natriy gidroksid, kaltsiy xlorid, pipetka, spiral qilib o’ralgan mis sim, fenolftalein, lakmus qog’ozi, probirkalar, gaz o‘tkazuvchi trubkalar, gaz gorelkasi yoki spirt lampasi, chinni kosacha, shtativ, qisqich.
2.2 Fe +3 kationining analitik reaksiyalari
Kislota - asos tasnifi bo'yicha beshinchi analitik guruh Mg2+, Sb3+, Sb5+, Bi3+, Mn2+, Fe2+, Fe+3
kationlarining analitik reaksiyalari
Magniy kationining Mg2+ analitik reaksiyalari. Ishqor va ammiak bilan reaksiyalari. Magniy kationlari ishqor va ammiak ta’sirida magniy gidroksidi Mg(OH)2 oq amorf cho'kma hosil qiladi:
Mg2+ + 2 0 H - -> Mg(OH)2;
Mg2+ + 2N H 3 • H 20 = Mg(OH) 2 + 2 N H 4 .
Ammiak ta’sirida magniy kationlari Mg2+ Mg(OH)2 holida to'liq cho'kmaydi, chunki magniy gidroksidi ammoniy tuzlari eritmasida (ayniqsa NH4+ konsentratsiyasi ortganda) cho'kma hosil bo'lish muvozanatini chapga siljishi hisobiga, qisman eriydi.
Mg(OH) 2cho'kmasi ishqorlarda erimaydi, ammo kislotalarda eriydi:
Mg(OH) 2 + 2H+ -> Mg2+ + 2H20.
Bajarish uslubi. Ikkita probirkaga 5—6 tomchidan magniy tuzi eritmasidan olib tomchilab: birinchisiga NaOH eritmasi, ikkinchisiga ammiak eritmasidan qo'shilganda oq amorf cho'kma hosil bo'ladi.
Sulfid — ion bilan (farmakopeya) reaksiyasi. Fe+3 kationlari neytral va kuchsiz ammiakli muhitda sulfid ioni bilan qora Fe2S3 cho'kma hosil qiladi:
2Fe3+ + 3S2- -> Fe2S3
Cho'kma mineral kislotalarda eriydi.
Bajarish uslubi. Probirkaga 3—4 tomchi temir (III) tuzining eritmasidan olib, 2—3 tomchi ammoniy sulfidi (NH4)2S (yoki Na2S) yoki H2S suvli eritmasi tomizilsa, temir (III) sulfidi qora cho'kma hosil bo'ladi.
Fe3* kationining boshqa reaksiyalari. Temir (III) kationi uchun analitik ahamiyatga ega bo'lgan bir qator, ayniqsa organik reagentlar bilan reaksiyalari ma’lum. Masalan Fe3+ kationlari ferron bilan (7-yod-8 oksixinolin-5sulfon kislota) bilan kislotali (pH * 2,6) muhitda yashil rangli kompleks hosil qiladi (ochish minimumi 0,5 mkg); tayron (l,2-dioksi-3,5- disulfobenzol) bilan ishqoriy muhitda qizil rangga aylanuvchi, ko'k rangli kompleks hosil qiladi (ochish minimumi 0,05 mkg); kupferon bilan qizil rangli temir (III) kupferonati; salitsil kislota bilan binafsha yoki qizil binafsha rangli salitsilat komplekslar hosil qiladi.
XULOSA Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma’lumotlarni oladilar. Maktab yoshlarning dunyoqarashlariga ‘oydevor hamda g‘oyaviy e’tiqodlari uchun negiz yaratadi, ularning irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxt-saodati yo‘lida sidqidildan mehnat qilishga tayyorlaydi.O‘quvchilarga tarbiya berish ularga ta’lim berish bilan mustahkam va yaxlit birlikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o‘z vazifasi, mazmuni, shakl hamda uslublari bor. O‘quv-tarbiyaviy jarayonning uzviyligi maktab oldiga qo‘yilgan eng muhim ‘edagogik qoidalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o‘quv jarayoni bilan bog‘langandir.Yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga, jamiyatga ongli munosabatda bo‘lish, jonajon Vatanini cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning milliy qadriyatlarini e’zozlash hissini tarkib to’tirish –vatan’arvarlik tarbiyasining mag‘zi bo‘lmog‘i lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-avgust kunidagi videoselektordagi nutqi
2 .Mirziyoyev Sh.M “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining majlisidagi nutq Sh.M.Mirziyoyev-Toshkent, O’zbekiston 2017.-56-bet
3. Х.Т.Омонов., М.Н.Мирвохидова. “Кимё ўқитиш методикаси” маърузалар матни. 2001
4. N.G’.Rahmatullayev, H.T.Omonov, Sh.M.Mirkomilov Kimyo o’qitish metodikasi Toshkent “Iqtisod Moliya” 2013.
5. Do’stmurotov, T.Otaqo’ziyev ,,Kimyo atamalari lug’ati’’. ,,O’zbekiston’’ Toshkent-2003
6. O.Yu.Iskandarov, Yu.T.Toshpo’latov, G.Shoisayeva. Kimyo. Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari uchun qisqacha ma’lumotnoma. ,,NISO PLIGRAF’’ Toshkent-2014
7. Rahmatullayev N. G. Kimyo o'qitish metodikasi fanidan namunaviy dastur. T., OHMTV