Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqtni idrok qilishni rivojlantirish



Yüklə 50,47 Kb.
səhifə2/7
tarix12.04.2023
ölçüsü50,47 Kb.
#96763
1   2   3   4   5   6   7
Katta Maktabgacha Yoshdagi Bolalarda Vaqtni Idrok Qilishni Rivojlantirish

Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda sutka haqidagi tasavvurini aniqlash.
Kurs ishining vazifalari: Bolalarni vaqt terminlari ustida mashq qildirish uchun katta gruppada so`zli didaktik o`yinlar hamda o`yin mashqlaridan foydalanish. Bog‘cha yoshidagi bolalar idrok qilish paytida narsalarni chuqur analiz qildira olish.
Kurs ishining obyekti: Insonnig kundalik ish faoliyatida vaqt juda muhim o`rin tutadi. Vaqtiga qarab o`z ish faoliyatini boshlash, harakatlarini tezlashtirish yoki sekinlashtiradi, vaqtga moslashish.
Kurs ishining predmeti: Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqtni idrok qilishni rivojlantirish modeli, mazmuni, pedagogik shart-sharoitlari, shakl, metod va vositalari.

I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA VAQT VA UNI IDROK YETISHGA O’RGATISH
1.1. Vaqt va uning xususiyatlari

Vaqt so`zi rus so`zidan kelib chiqqan, ya`ni vaqt- "время" degani aylanmoq ma`nosini bildiradi. O`tgan, hozirgi va kelasilar o`zaro shunday aloqa qilganki, o`rinlarini bir-birlariga almashtira olmaydilar. Vaqtning qaytmas xususiyatlari shuki vaqtning bir tomonga yo`nalib o`tishi, u tabiat va jamiyatning chiqishi yo`nalishini ifodalaydi.


Vaqtning asosiy qabul qilinishi bu sezish qobiliyatidir har xil kompleks analizator vaqtni sezish qobiliyatining cho`zilishiga ta`sir qiladi, lekin asosiy xususiyati deb I.M. Sechenov eshitish va tananing sezgi qobiliyatlariga e`tibor bergan "Vaqt tovush va tananing sezish qobiliyati insonga vaqt haqida tushuncha beradi, shunda ham to`la o`z mazmuni bilan emas balki vaqt bir tomonlama tovushning tortilishi va tananing sezishini tortilishi. SHuning uchun I.M.Sechenov eshitish va sezish xususiyagidan bu vaqt bo`shlig’ining /drob/ analizatorlari degan edi.
I.P.Pavlov ko`rsatgan ediki vaqtning hisoblanishi nerv sistemasining har bir elementiga, uning har bir hujayrasiga xos u buni eksperemental asosda isbotladi. har qanday analizator "vaqtni hisoblashi" mumkin. I.P.Pavlov ayttan ediki, vaqtning fiziologik qabul qilinishi bu kishining tormozlanishi vа ta`sirlanishidir, bu esa vaqtni hisoblashga yo`l beradi.
Bu fikrlar qator izlanishlar orhali ko`rsatilgan. Ikkinchi signal sistemasida ta`sirlanish vaqtning etarli hisobga olinmasligidan kelib chiqadi, tormozlanish protsessida unga ko`proq baholash xususiyatidandir. Shunday qilib, aniq vaqt intervallarini vaqtinchalik baholash ta'sirlanish va tormozlanish dinamik protsessida aniqlanadi. Vaqt intervalida differentsirovka bu vaqtga nisbatan shartli reflekslarning xosligidir.
Kichik gruppada bolalarning ertalab, kunduzi, kechqurun va kechasi vaqt oraliqlari haqidagi tasavvuri aniqlanadi. Sutka qismlarini kichkintoylar o`z faoliyatlari mazmunining o`zgarishiga hamda shu vaqt oralig’ida o`z atroflarida bo`lgan katta yoshli kishilar faoliyatiga qarab farq qiladilar. Avval kundalik tartib, bolalarning uyqudan turish, ertalabgi gimnastika, nonushta, mashg’ulot vaqtlari qat`iy belgilab qo`yilganligi va sutkaning bo`laklari haqida tasavvur hosil qilish uchun real sharoitlar yaratadi.
Pedagog vaqt bo`lagining nomini aytadi va bolalarning shu vaqtga mos bo`lgan faoliyat turlarini sanab chiqadi. "hozir ertalab, biz gimnastika qildik, yuvindik, endi esa nonushta qilamiz". Yoki allaqachon nonushta qilib bo`ldik, shug’ullanib ham bo`ldik. Hozir kunduz kun. Tez orada tushki ovqatni eymiz.
Masalan, boladan quyidagilar so`raladi: "Hozir ertalab. Sen ertalab nima qilasan? Sen o`rningdan qachon turasan?" va shu kabilar.
Kun davomida bolalar bilan birgalikda kunning turli bo`laklarida bolalar va kattalarning faoliyatini tasvirlaydigan rasmlar ko`rib chiqiladi. Rasmlar shunday bo`lishi kerakki, ularning vaqt bo`lagi uchun xarakterli bo`lagi belgilar aniq ko`rinib tursin. Tarbiyachi rasmda tasvirlangan bolalar nima ish qilayotganliklarini va bu harakat qaysi vaqtda bajarilayotganligini aytadi. U bolalarga savollar beradi: "Sen erta bilan nima qilding? Kunduzi-chi?" Yoki "sen qachon o`ynaysan? qaysi vaqtda sayr qilasan? Sen qachon uxlaysan?" Keyin bolalar, masalan, erta bilan, kunduzi yoki kechqurun kattalar yoki bolalar nima qilayotganliklari tasvirlangan rasmni tanlab oladilar.
Bolalar asta sekin erta bilan, kunduzi, kechqurun, kechasi so`zlarining aniq mazmunini tushinib oladilar, ularga emotsional rang beradilar. Bolalar o`z nutqlarida ulardan foydalana boshlaydilar.
Kichik gruppa singari bu gruppada ham vaqtni bilish bolalarni asosan, kundalik hayotida o`stirib boriladi muhimi bu o`rgatishining puxta hissiyot asosida amalga oshirilishidir.
Pedagog sutka qismlarining nomini bolalar va ularga yaqin katta yoshli kishilarning ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi nima qilishlari bilan bog’liq, bolalarning sutka qismlari haqidagi tasavvurlarini aniqlaydi.
Bog’cha yoshidagi bolalarning ayrim vaqt o’lchovlarini idrok qilishlarida rеjimning roli juda katta. Bolalarning kundalik hayotlarida doimiy ravishda takrorlanib turadigan rеjim (kun tartibi) ayrim vaqt o’lchovlarini birin-kеtin ajratib olishga yordam bеradi. Bundan tashqari, ular ayrim vaqt o’lchovlarini vaqtning asosiy bеlgilariga qarab ham farqlay oladigan bo’ladilar. Masalan, «kun (quyosh) chiqqanda- ertalab bo’ladi», «kun botganda kеchqurun bo’ladi», «qorong’u bo’lib hamma uxlaganda kеchasi bo’ladi dеb aniqlaydilar. Vaqt tushunchalarini idrok qilish qiyin bo’lganliga uchun bog’cha yoshidagi bolalar (xususan kichik guruh bolalari) asosan hozirgi zamon tushunchasi asosida yashaydilar. Ana shu sababli ular kеlasi va o’tgan zamon tushunchalariga nisbatan hozirgi zamonga oid vaqt o’lchovlarini to’g’ri idrok qila oladigan bo’ladilar. Shuning uchun bolalar dastavval - «ertalab», «pеshin», «kеchqurun», «kеchasi», «bugun» kabi vaqt tushunchalaridan to’g’ri foydalanadigan bo’ladilar. Bog’cha yoshidagi bolalarning uzoq zamonga oid narsalarni tushuntirishlari o’ziga xos xaraktеrga egadir.
Ular bunday narsalarni vaqt tushunchalari orqali emas, balki qalblarida chuqur iz qoldirgan taassurotlar orqali tushuntirishga intiladilar. Masalan, qachonlardir bo’lgan hodisani yoki qachanlardir ko’rgan narsalarini-«hov bir marta bayramda...», «hov bir marta to’y bo’lganda...» kabi tushuntiradilar. Ular xotiralarida qolgan ayrim xodisalarning qaysi yil va qaysi oyga tеgishli ekanini aniq vaqt o’lchovida (vaqt tushunchasida) aytib bеra olmaydilar. Kichik yoshdagi bog’cha bolalarining vaqtni idrok qilishlarida shu narsa ko’zga tashlanib turadiki, ular bir-biri bilan tеz almashib turadigan vaqt o’lchovlarini qiyinlik bilan o’zlashtiradilar. Shuning uchun ular bunday vaqt o’lchovlarini ko’pincha bir-biri bilan almashtirib yuboradilar.
Masalan, kichik yoshdagi bog’cha bolalari: «kеcha bugunmi?» «bugun ertagami?» «qachon ertaga bo’ladi?» «bugun ham kеchasi bo’ladimi?» dеgan savollarni bеrishlari mumkin. Vaqtni to’g’ri idrok qilish ham xuddi fazoni idrok qilish kabi bolalarning amaliy faoliyatlari, ya'ni turmush tajribalari bilan bog’likdir. Bog’cha bolalari o’zlarining har kungi xilma-xil faoliyatlari davomida vaqt munosabatlarini o’z ko’zlari bilan ko’radilar va sеkinasta o’zlashtirib boradilar. Lеkin vaqt bolalarga bеvosita ko’rinmaydi. Shuning uchun vaqtni to’g’ri idrok qilishni bolalarga yoshlikdan boshlab o’rgatish kеrak. Bolalar eng oddiy («hozir», «oldin», «kеyin» kabi) o’lchovlarini osonroq o’zlashtiradilar. So’ngra bir qadar murakkab, ya'ni bir nеcha qismlarga ajratish mumkin bo’lgan vaqt o’lchovlarini (ya'ni «bugun», «kеcha», «ertaga») o’zlashtirishlari mumkin.



Yüklə 50,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin