Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqtni idrok qilishni rivojlantirish


Turli yoshdagi bolalarning vaqtni idrok qilishi



Yüklə 50,47 Kb.
səhifə3/7
tarix12.04.2023
ölçüsü50,47 Kb.
#96763
1   2   3   4   5   6   7
Katta Maktabgacha Yoshdagi Bolalarda Vaqtni Idrok Qilishni Rivojlantirish

1.2. Turli yoshdagi bolalarning vaqtni idrok qilishi

Bolalarning sutka haqidagi tasavvurini aniqlash maqsadida ular bilan suhbat olib boriladi. Suhbat taxminan mana bunday o`tkazilishi mumkin: avval tarbiyachi bolalardan ular bolalar bog’chasiga kelishdan oldin nima ish qilganliklarini, ertalab bolalar bog’chasida nima qilganliklarini, bolalar bog’chasida kunduzi nima qilishlarini gapirib berishlarini so`raydi. U bolalarning sutkaning har bir qismida nima qilayottanliklarini aniqlaydi va umumlashtiradi. U suhbat oxirida ertalab, kuduz va tun - bular sutkaning qismlari ekanligini aytadi.


"Bugun", "kecha" kabi vaqt tushunchalari nisbiy xarakterga ega. Bolalarning ularni o`zlashtirishlari qiyin. Buning uchun imkoni boricha bugun, ertaga, kecha so`zlaridan ko`proq foydalanish vа bolalarni bu so`zlarni ishlatishga undab turish zarur. Tarbiyachi muntazam ravishda ularga biz qachon rasm soldik? Biz bugun nima ko`rdik? Эrtaga qaerga boramiz? Savollari bilan murojaat qilib turishi lozim.
Tez sekin so`zlarining ma`nosi konkret misollar bilan ochib boriladi. Tarbiyachi bolalar diqqatini o`yin davomida ular bajarayotgan harakatlarning tezlik darajasiga jalb etadi. Kiyinish vaqtida u tez kiyinayotganlarni maqtaydi. Imillab kiyingan bolalarni aybsitadi, sayr vaqtida yayov kishi bilan velosipedchining, avtomobil' bilan poezdning, qurt bilan qo`ng’izning harakat tezligini taqqoslaydi.
O`quv yilining boshida katta gruppa bolalarida ertalab, kunduzi, kechqurun va kechasi kabi vaqt qismlari haqida tasavvurlar mustahkamlanib vaqt bolalar faoliyatining konkret mazmuni va ular atrofidagi kattalar bilangina emas, balki vaqtning ob`ektivroq ko`rsatkichlari - tabiat hodisalari (quyosh chiqishi) bilan bog’laydilar.
Tarbiyachi bolalar bilan va ular atrofidagi kattalar bilan kun davomida nima qiladilar, ularni qanday izchillikda qachon bajaradilar, erta tong kunduz kechqurun haqidagi taassurotlari to`g’risida suhbatlashadi. U bolalarga tegishli she`r va hikoyalarni aytib beradi. Ko`rsatma material sifatida bolalarning kun davomida xilma xil faoliyat turlari aks ettirilgan rasm va fotosuratlardan foydalaniladi: o`rin ko`rpalarni yig’ish, ertalabki gimnastika, yuvinish, ertalabki nonushta. Sutka qismlari haqida tasavvurlarni aniqlashda didaktik o`yinlar, masalan, bizning kun o`yini yordam beradi.
"Kecha", "bugun", "ertaga" kabi vaqt belgilarining o`zgaruvchanligi va nisbiyligi bolalarining ularni o`zlashtirishlarida qiyinchilik tug’diradi. Besh yoshli bolalar bu so`zlarni yanglishtiradilar. Pedagog muayyan so`zlarning mazmun ahamiyatini ochib berish uchun bolalarga quyidagi savollarni beradi: "Biz siz bilan kecha qaerda bo`ldik?", "Parkka qachon borgan edik?".
Bolalarni vaqt terminlari ustida mashq qildirish uchun katta gruppada so`zli didaktik o`yinlar hamda o`yin mashqlaridan, masalan, "Davom ettir!" o`yinidan foydalaniladi. Bu mashqni koptok bilan o`ynaladigan o`yin formasida o`tkazish mumkin. Bolalar doira bo`lib turadilar. Tarbiyachi qisqa jumla aytib, koptokni tashlaydi. Kim koptokni ushlab olsa, o`sha bola tegishli vaqtni aytadi. Masalan: tarbiyachi koptokni tashlab: "biz pochtaga bordik", - deydi. Bola esa koptokni ushlab olib "kecha" - deb jumlani tugatadi.
Bolalar hafta kunlarining nomini faoliyatining konkret mazmuni bilan bog’laydilar. Endilikda bolalar har kuni ertalab hafta kunlarining nomini shuningdek, kecha haftaning qaysi kuni ertaga qaysi kuni ekanligini aytadilar.
Matematika mashg’ulotlarida vaqti - vaqti bilan bolalarga hafta kunlarini tartibi bilan aytish taklif etiladi. Aytilgan kundan oldin va keyin qanday kun kelishini aytish. Pedagog "qaysi kunlari rasm chizish mashg’ulotimiz bor? Musiqa mashg’ulotichi? deb savollarni almashtirib turadi.
Bolalar tartib bilan sanashni, hafta kunlarini tartib bilan aytishni o`rganib olganlaridan keyin kunni tartib nomeri bilan bog’laydilar. Hafta kunlarining izchilligi haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun "Hafta kunlari" so`zli didaktik o`yindan foydalanish mumkin. Hafta kunlarining alamashinishini kuzatib borish bolalarda takrorli vaqtning o`zgaruvchanligi haqida tushuncha hosil bo`lishiga uning ketidan hafta kelishini ochib berishga imkon yaratadi.
Katta guruh bolalari ana shu yuqoridagi vaqt tushunchalaridan tashqari kunlarning nomlarini (ya'ni yakshanba, dushanba, sеshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba) ham yaxshi o’zlashtirib, «hafta», «oy» va hatto ba'zan «yil» kabi murakkab vaqt tushunchalaridan ham foydalana oladigan bo’ladilar. Tеvarak-atrofdagi narsalar o’rtasida mavjud bo’lgan fazoviy munosabatlarni (baland, past, katta, kichik kabi) to’g’ri idrok qilishda bolalarning atrofdagi turli-tuman narsalar bilan bеvosita munosabatda bo’lishlari katta rol o’ynasa, vaqt munosabatlarini to’g’ri idrok qilishda vaqt o’lchovlarini ifodalovchi so’zlarning ko’proq ishlatilishi muhimroq. Shuning uchun bolalar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda, suhbatlarda, hikoyalar o’qib bеrishda bolalar so’z boyligida hozirgacha yo’q bo’lgan vaqt o’lchovlariga oid tushunchalarni kiritish kеrak. Umuman bolalarga bog’chada vaqt o’lchovlarini (ya'ni hozir soat bo’lib, tush payti bo’lganligini, soat dan oshib kеch kirib qolganligini) muntazam ravishda eslatib turish kеrak. Bu bolalarda vaqt hissini rivojlantirishga yordam bеradi. Vaqt hissi esa vaqt o’lchovlarini to’g’ri idrok qilishni ta'minlaydi. Bolalar vaqt tushunchalarini to’g’ri o’zlashtirayotganlarini aniqlash uchun ularga «qachon?», «qaysi kuni?», «qancha vaqtdan so’ng?», «qaysi biri oldin?», «qaysi haftada?», «qaysi oyda?» kabi savollarni bеrib turish lozim. Bog’chada idrokni rivojlantira borish asosida kuzatuvchanlikni ham tarbiyalash kеrak. Kuzatuvchanlik odamning butun hayoti, butun o’qish va mеhnat faoliyati davomida juda zarur bo’lgan fazilatdir. Bog’chada turli didaktik mashg’ulotlar o’tkazish, ekskursiyalar tashkil qilish orqali bolalarda kuzatuvchanlikni tarbiyalab boriladi.
Bu jihatdan yil fasllari (baqor, yoz, kuz, qish) bo’yicha o’tkaziladigan ekskursiyalar, rasmga qarab so’zlatish (kim ko’proq narsani ko’radi) yaxshi natija bеradi. Albatta, ekskursiya mashg’ulotlar paytida bolalarga bеriladigan savollar oldindan o’ylab olingan, ya'ni rеjali asosda bo’lishi kеrak. Bog’cha yoshidagi bolalar idrokining normal o’sishi hamda ularda kuzatuvchanlikning kamol topishi ko’p jihatdan tarbiyachilarga, ularning pеdagogik mahoratiga bog’liqdir.
Insonnig kundalik ish faoliyatida vaqt juda muhim o`rin tutadi. Vaqtiga qarab o`z ish faoliyatini boshlaydi., harakatlarini tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi, vaqtga moslashishni talab qiladi. Vaqtni sezish insonni vaqtini tejashga, undan unumli foydalanishga harakat qilishga undaydi. Vaqt o’quvchining o’quv hayotida boshqaruvchanlik rolini o`taydi. B.G.Anan'eva rahbarligida psixologo - pedagogik tekshirishlar o`tkazilib, unda bolalarning aqliy taraqqiyoti o’quv yili protsessida kuzatiladi. Bu tekshirish shuni ko`rsatadiki, bolalarning hech birida vaqtga moslashish, bilimlarining o`zlashtirishning bog’liqligi, qobiliyatlarining rivojlanishi ko`rinadi.
Maktabga kelgan ko`pchilik bolalarda vaqtni o`zlashtirmaganligi bir qancha qo`shimcha qiyinchiliklarni tug’diradi. Birinchi sinf o’quvchilari darsga kechikmasliklari, o`z vaqtida uyiga berilgan topshiriqlarni bajarib borishlari kerak, bularning hammasiga ulgurushlari kerak. Bu talablarning hammasiga to`liq javob berish uchun bolalarni bog’cha yoshidan tarbiyalangan va tayyorlangan bo`lishi kerak.
Kuzatuvlar shuni ko`rsatadiki, katta maktab yoshidagi bolalar vaqt intervallari, vaqt qismlarini, o`z harakatlari bilan bog’liq holda olib bora oladilar. Ular o`zlari mustaqil vaqt oraliqlarini baholay oladilar. O`z harakatlarini ma`lum harakatda boshlab, ma`lum vaqtda tugata oladilar.



Yüklə 50,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin