3-savolning javobi bilan bir xil “Kontrafakt” va “soxta” tovarlar tushunchalarini tavsiflang.
“Kontrafakt” soʻzi fransuz tilidan tarjima qilinganida “Mualliflik huquqini buzish” degan maʼnoni bildiradi. U har qanday shaxsning intellektual mulk huquqlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotga tegishli. Bunday mahsulot ishlab chiqaruvchilar bozorda keng tarqalgan, ommalashgan, taniqli brendlar va logotiplarni oʻz mahsulotiga joylashtirish yoki shunga monand holat orqali xaridorlarni oʻziga ishontirishga harakat qiladilar va aksariyat hollarda bunga erishadilar ham. Bu kabi mahsulotlarning sifati tegishli idoralar nazoratidan oʻtkazilganida ular isteʼmolga yaroqli va inson salomatligi uchun xavfsiz boʻlishi mumkin, biroq ularni ishlab chiqarish va sotish noqonuniy hisoblanadi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarish sohasida erkin raqobatni yoʻlga qoʻyish, isteʼmolchilar manfaatini himoya qilish, ichki bozorni sifatli mahsulot bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida” va 2006-yil 20-iyulda “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi qonunning 66-moddasida Asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini musodara qilishga qaratilgan. Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular soxtalashtirilgan (kontrafakt) boʻladi. Bunday mahsulotlarning isteʼmolchilarga taklif etilishi qonun bilan taʼqiqlanadi. Asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalari, shuningdek ularni tayyorlash va takrorlashda foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalar hamda sodir etilgan huquqbuzarlikning boshqa vositalari qonunchilikka muvofiq sud tartibida musodara qilinadi.
Asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining musodara qilingan kontrafakt nusxalari yo‘q qilinishi kerak, ularni huquq egasiga uning iltimosiga binoan topshirish hollari bundan mustasno.
Qo’shimcha ma’lumot:
Kontrafakt asar tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni 62-moddasida keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda amalga oshiriladigan nusxalari kontrafakt nusxalardir.
Qalbaki mahsulot esa tovar belgisiga nisbatan qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonuni 26-moddasiga ko‘ra, tovar belgisini yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni ruxsat berilmagan tarzda tayyorlash, qo‘llash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish, o‘zgacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki ularni shu maqsadda saqlash yoxud ular bilan adashtirib yuboradigan darajada aynan o‘xshash bo‘lgan bir xildagi tovarlarni belgilash tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb e’tirof etiladi.