KAZUS № 2 Dunyoga mashhur italyan firmasi bo‘lgan Dolce&Gabbana kompaniyasi O‘zbekistonda aynan ularning brendiga o‘xshash bo‘lgan Dolce&GabbanaUZ brendi ro‘yxatdan o‘tganligidan xabar topishdi. Ushbu holatda ular O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga murojaat qilishib, ularning brendi hammaga ma’lum tovar belgisi ekanligi bu holatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan Dolce&GabbanaUZ belgisini bekor qilish lozimligini ta’kidlashdi.
Tovar belgisini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish jarayonini tushuntiring.
O`zR ning “Tovar belgilarini, xizmat ko‘rsatish belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlari” haqidagi Qonun:
3-modda. Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi. Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi (bundan buyon matnda tovar belgisi deb yuritiladi) bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini (bundan buyon matnda tovarlar deb yuritiladi) boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilardir.
Tovar belgilari yakka tartibdagi va jamoaviy bo‘lishi mumkin.
Alohida yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli tovar belgisi yakka tartibdagi belgi hisoblanadi.
Yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasining ular tomonidan ishlab chiqariladigan va (yoki) realizatsiya qilinadigan, bir xil sifatga yoki boshqa umumiy tavsiflarga ega bo‘lgan tovarlarini belgilash uchun mo‘ljallangan tovar belgisi jamoaviy belgi hisoblanadi. Tasvirlar, so‘zlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
O`zR ning “Tovar belgilarini, xizmat ko‘rsatish belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlari” haqidagi qonun bo`yicha davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun masul agentlikka talabnoma topshiriladi (8-modda). Mazkur qonunning 9-moddasida talabnomaga qoyilgan talablar mavjud: oqib chiqish tavsuya etiladi.
Demak 13-15-moddalarga binoan davlat ekspertizasi ikki bosqichdan iborat :
Rasmiy ekspertiza
talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o`tkazish – ilmiy ekspertiza.
Bu haqida ma’lumotlar Qonunda yozilgan.
Qaror ustidan 3 oy ichidan apellatsiya kengashiga shikoyat qilish mumkin.