Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari


Turdosh huquqlar doirasida jarayonni tahlil qiling



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə45/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

4. Turdosh huquqlar doirasida jarayonni tahlil qiling.
Milliy qonunchilik - asosiy normalar: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (1041 — 1073-moddalar) va O’zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (O‘RQ-42 20.07.2006)
Turdosh huquqlar obyektlari jumlasiga ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari kiradi. Ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlar turdosh huquqlar subyektlaridir.
Turdosh huquqlarning yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun turdosh huquqlar obyektini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.
Turdosh huquqlarning yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun turdosh huquqlar obyektini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ko‘rsatuv yoki eshittirishni efirga uzatish va kabel orqali yuborishni (retranslatsiya ham shunga kiradi) amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, asardan, ijrodan, fonogrammadan yoxud efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko‘rsatuv yoki eshittirishidan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin. Retranslatsiya mualliflar, ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar va boshqa huquq egalarining efirga uzatish, kabel orqali yuborish, barchaning e’tiboriga yetkazishga bo‘lgan huquqlariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.
Qo’shimcha javob:
O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasiga muvofiq asar muallifiga asarni barchaning e’tiboriga yetkazish (barchaning e’tiboriga yetkazish huquqi); asarning asl nusxasini yoki nusxalarini prokatga berish (prokatga berish huquqi) kabi mulkiy huquqlar tegishli.
Muallif o‘z asaridan foydalanishning har bir turi uchun haq olish huquqiga (haq olish huquqi) ega.
Asardan daromad olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qat’i nazar, asardan foydalanilgan deb hisoblanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar, M.ning musiqa asaridan faqat M. bilan tuzilgan shartnomaga binoan, shu jumladan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin. Ya’ni videotasvirni amalga oshirish faqat M. yoki uning qonuniy vakili roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Mazkur holatda M.ning musiqa asarini barchaning e’tiboriga yetkazish hamda uning asl nusxasini yoki nusxalarini prokatga berish huquqlari buzilgan.


Kazus №18

2010 yilda Namangan shahrida joylashgan “Bog‘i eram” MCHJ tomonidan ichimlik sharbatlari uchun TipTop so‘zli tovar belgisiga talabnoma topshirildi va 2011 yilda tegishli tartibda guvohnoma berildi.


2015 yilda Toshkent shahrida joylashgan “Obi hayot” MCHJ ushbu tovar belgisidan litsenziya shartnomasi asosida foydalanish maqsadida “Bog‘i eram” MChJga murojaat qilishdi. Biroq javobdan shu narsa anglashildiki, ushbu tovar belgisidan “Bog‘i eram” MCHJ 2011 yildan beri foydalanmayotgan ekan.
Ushbu holatdan xabar topgan “Obi hayot” MCHJ “Bog‘i eram” MChJga tegishli bo‘lgan TipTop tovar belgisidan muntazam ravishda foydalanilmayotganligi sababli, uni bekor qilish bo‘yicha sudga daʼvo ariza kiritdi.
O‘z navbatida “Bog‘i eram” MCHJ ushbu daʼvo ariza asossiz ekanligi, ushbu tovar belgisidan egasi sifatida hoxlaganda foydalanishlari mumkinligini aytishgan.




  1. Yüklə 492,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin