Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə42/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

Kazus №16

“Dori-darmon” MCHJ tomonidan 2000 yil 1 iyulda shamollashga qarshi “Shifo” nomli dori vositasiga ixtiro sifatida patent olindi. 2020 yilda 1 iyulda Toshkent shahrida joylashgan “Obihayot” firmasi ushbu dori vositasini muhofaza muddati tugadi (ijtimoiy mulk) deb, hisoblab ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.


O‘z navbatida bundan xabar topgan “Dori-darmon” MCHJ “Obihayot” firmasiga qarshi daʼvo ariza bilan sudga murojaat qildi.
1-savol. “Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari to’grisida”gi qonunning 6-moddasi:
Agar ixtiro sifatida ko‘rsatilgan obyekt yangi(1), ixtirolik darajasiga ega (2) va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa(3), u huquqiy muhofaza qilinadi.

  1. Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo‘lmasa, u yangi deb hisoblanadi.

  2. Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon bo‘lmasa, u ixtirolik darajasiga ega bo‘ladi.

  3. Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo‘lgan har qanday ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

  4. Ixtironing yangiligini aniqlash chog‘ida birmuncha oldin ustuvorlikka ega bo‘lgan holda topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.

  5. Agar ixtirodan sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin bo‘lsa, u sanoatda qo‘llash mumkin deb hisoblanadi.

2-savol. Muhokama qilingan savol.
3-savol. Kazusda bayon etilgan holatda “Dori-darmon” MCHJ tominidan ixtiro qilingan dorining muhofaza muddati 20 yil bo’ladi. Lekin uning muddatni uzaytirish bo’yicha Intellektual mulk departamnetiga murojaat qilgani yoki qilmagani haqida ma’lumot “Obihayot” firmasida yo’q. Demak, u taxminiy hisoblashga ko’ra, muhofaza muddati o’tdi deb hisobladi. Biroq muhofaza muddatini uzaytirish uchun iltimosnoma kiritilgan uni ko’rib chiqish uchun ketgan vaqt mobaynida Patent egasi muhofaza ostida bo’ladi.
4-savol. Yangi yaratilgan dori vositalari ham ixtiro hisoblanadi. Ixtiroga nisbatan dori vositalarining ham muhofaza muddati 20 yil hisoblanadi. 5-savolda takrorlangan protsedure orqali ixtiroga nisbatan dori vositalarini ham 5 yilgacha qo’shimcha muhofaza qilish mumkin. Lekin “Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish” Qoidalari odatda dori va pestitsiya vositalarining muddatini uzaytirishga qaratilgan.
Shunday bo’lsa-da, epidemiya kabi favqulotda vaziyatlarda muhofaza ostida bo’lgan doridan foydalanish “Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari to’grisida”gi qonun 12-moddasida belgilanishicha, patent egasining mutlaq huquqini buzish hisoblanmaydi. Dorixonalarda shifokor retsepti bo‘yicha dori vositalarini bir marotabalik tayyorlash ham shular jumlasidan.
5-savol. (1) “Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari to’grisida”gi qonun quyidagi 5-moddasi mavjud:
Agentlikka patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran hisoblaganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti o‘n yil mobaynida, foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi.
Ana shu moddada ixtiroga patentning muhofaza muddati uzaytirish Besh yil etib belgilangan.
(2) “Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish” Qoidalari ham mavjud. Muhofaza muddatini uzaytirish tartibi bu hujjatda kengroq yoritilgan. Unga ko’ra, ixtiro patenti uchun qo’shimcha muhofaza besh yildan oshmasligi kerak.

Yüklə 492,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin