Kech reproduktiv yoshdagi ayollarda tuxumdonlar zaxirasining



Yüklə 47,84 Kb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü47,84 Kb.
#162271
1   2   3   4
Key words: late reproductive age, ovarian reserve, anti-Müllerian hormone, antral follicle count



Z
Dolzarbligi


amonaviy reproduktologiyada kech reproduktiv yoshli ayollardagi bepushtlik muammosi dolzarbligicha qolmoqda [1,2]. Keyingi yillarda butun dunyoda bepushtlikdan aziyat chekayotgan kech reproduktiv yoshdagi ayollar soni ortib bormoqda [3]. Zamonaviy sharoitda 65% ayollar 30-35
yoshdan o‘tgandan keyingina generativ funksiyasini amalga oshirish masalasiga kirishmoqda [4].
Reproduktiv rejalarni amalga oshirishdagi to‘siqlardan biri yosh omili bo‘lib, u taxminan 35 yoshdan boshlab, har bir keyingi yilda ayolning ona bo‘lish qobiliyatini bosqichma-bosqich cheklaydi. Bu tuxumdonlar zahirasining yoshga bog‘liq kamayishi bilan bog‘liqdir [5,6].
Tuxumdonlar zahirasi - bu tuxumdonlar follikulyar hovuzining hajmini va ulardagi tuxum hujayralarining sifatini aks ettiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib, yoshi o‘tishi bilan kamayib, ayolning reproduktiv funksiyasi holatini ifodalaydi[7,8]. Tuxumdonlar zahirasi deganda tuxumdonlarning funksional zaxirasini tushunish kerak bo‘ladi, bu to‘laqonli tuxum xujayrani o‘zida tutgan follikulani rivojlantirish qobiliyatini belgilaydi [9,10].
Tuxumdonlarining zahirasi pasayishi bilan bog‘liq bepusht kech reproduktiv yoshdagi ayollarda fertillikni tiklash masalasi zamonaviy ginekologiyaning istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir.
Bugungi kunda kech reproduktiv yoshdagi ayollarda tuxumdonlar zahirasining holati to‘g‘risida yakuniy tushuncha yo‘qligi, hamda ushbu yoshdagi ayollarda reproduktiv funksiyani tiklash uchun hozirgi kunga qadar qo‘llanililib kelayotgan usullarning past samaradorligini hisobga olib mazkur ayollarda fertillikni tiklashning innovatsion usularini ishlab chiqish zarurligidan dalolat beradi.

Yüklə 47,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin