Tadqiqotga 130 nafar kech reproduktiv yoshdagi ayollar kiritildi. Asosiy guruxga turli kech reproduktiv yosh bosqichidagini e’tiborga olib 2 guruxga bo‘lindi: 50 nafar 36-39 yoshdagi ayollar (1- gurux) va 50 nafar 40-44 yoshdagi ayollar (2-gurux). Taqqoslash guruxini 30 nafar erta reproduktiv yoshdagi ayollar tashkil etdi.
Tadqiqotga kiritish mezonlari: 36 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan ayollar, pregravidar oldingi maslahatlar (ayollarning tug‘ish rejalari), ikkala bachadon naychlarining ochiqligi.
Tadqiqotga kiritmaslik mezonlariga esa, reproduktiv yoshda bo‘lmagan, boshqa raqobatbardosh ginekologik patologiyasining mavjudligi, tuxumdonlar zaxirasiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan chanoq a’zolarida o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvlar. Barcha ayollarda umumklinik, laborator va instrumental tadqiqotlar o‘tkazildi. Gormonal tadqiqotlar MINDRAY MR-96A (Germaniya) immunoanalizatorida immunoferment usulida «Alkor Bio» (Rossiya), «Beckman coulter» (AQSh), «DRG Diagnostics» (Germaniya) va «Hoffman La Roch» (Щveysariya) firmalari to‘plamidan foydalanilgan holda o‘tkazildi. Chanoq a’zolari ultratovush tekshiruvi SAMSUNG Madison Accuvix XQ (Koreya) apparatida transabdominal va transvaginal 5 MGs.li konveksli datchiklardan foydalangan holda o‘tkazildi.
Tuxumdonlar zaxirasini baholashda uning ikkita xayz sikliga bog‘liqmas markerlaridan antimyuller gormonini aniqlash va antral follikulalarni sanash orqali amalga oshirildi.
Olingan natijalarni statistik qayta ishlash Statistica for Windows 7.0 dasturi yordamida amalga oshirildi. Ma’lumotlar M±m sifatida taqdim etiladi. р<0,05 ga to‘g‘ri keladigan farqlar statistik ahamiyatga ega deb hisoblandi.
Tadqiqotga kiritgan ayollarning o‘rtacha yoshi 30,5±0,5 ni tashkil etdi. Ayollarda xayz ko‘rish funksiyasini o‘rganilganda, birinchi hayz ko‘rish(menarche)ning o‘rtacha yoshi 13 ± 0,5 yoshni, hayz keladigan kunlarning davomiyligi 2-3 kundan iborat ekanligi aniqlandi. Ayollarning 34,4% bachadon ortiqlarida jarrohlik aralashuvlari o‘tkazilgan, 44,7% - yallig‘lanish kasalliklarini o‘tkazganligi aniqlandi. Tadqiqotga kiritilgan ko‘pchilik ayollarning reproduktiv tarixi o‘rganilganda u ko‘pchiligida og‘irlashgan akusherlik va ginekologik anamnezga moyil ekanligi e’tiborni tortdi jumladan: 24,7% ayollarda - homila muddatiga yetmasligi, 13.4% –sun’iy homila tushirish gan, 18,9% - rivojlanmagan homiladorlik kuzatilgan. Birlamchi bepushtlik bilan ayollar 62,7%, ikkilamchi bepushtlik - 37,3% ayollarda kuzatilgan.
Gormonal tadqiqotlar natijalarini har tomonlama tahlil qilish bemorlarning turli guruhlari o‘rtasida bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha farqlar mavjudlini ko‘rsatdi. Ikkala guruhdagi ayollarda LG ning past darajasi aniqlanib, guruxlarda mos ravishda 8,6±0,41 ME/l va 7,8±0,38 ME/l.ni tashkil etdi. Ikkala guruhdagi bemorlarda ham FSGning yuqori miqdori aniqlanib, guruxlarda mos ravishda 13,7±0,14 ME/l va 15,2±0,16 ME/l.ni tashkil qildi. Nazorat guruhi ko‘rsatkichlari bilan solishtirganda har ikkala guruh ayollarida ham, estradiol (E2) miqdori mos ravishda past 87,6±12,1 pg/ml va 82,4±12,2 pg/ml.ni (р<0,001) tashkil etdi. Progesteron gormoni darajasi ham barcha ayollarda sezilarli darajada past ya’ni, guruxlarda mos ravishda 1,0±0,65 ng/ml va 1,3±0,65 ng/ml.da aniqlandi (р<0,01) (jadvalga qara).