18
KIRISH SUHBATI
Odamlar eng qadimgi davrdan boshlab atrofida mavjud bo‘lgan
narsalar – daraxt, tosh, tuproq, suvdan va h.k. lardan foydalanganlar.
Keyin chalik foydali
qazilmalardan temir, mis, kumush, oltin kabi
metallarni ajratib olishni o‘rganganlar. Ularni qo‘shib
eritib bronza, jez
kabi qotishmalarni hosil qila boshlaganlar. Ba’zi hollarda qilich,
qalqon
kabi urush qurollari uchun qattiq material kerak bo‘lsa, ba’zan bezak
sifatida ishlatishga (toj, uzuk va h.k.) boshqa xossalarga ega bo‘lgan
materiallar zarur bo‘lgan. Ularni hosil qilish
uchun modda tuzilishini
o‘rgana borish jarayonida tabiatda mavjud bo‘lgan materiallarni ko‘proq
ishlata borganlar. Shu bilan birga inson o‘zining to‘plagan bilimlaridan
foydalanib, yangi xossaga ega bo‘lgan sun’iy
moddalarni yaratgan
(plastmassalar, polimerlar va h.k.). Bunday bilim va tajribaga ega
bo‘lish uchun insoniyatning buyuk daholari
minglab yillar davomida
zahmat chekib, ilmiy izlanishlar olib borganlar.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: