142
1. Inson qanday qilib ko‘radi?
2. Yorug‘lik hodisalari haqida Beruniy va Ibn Sino aytgan
fikrlarining qay darajada to‘g‘riligi haqida o‘ylab ko‘ring.
• Markaziy Amerikada
Anableps degan baliq bor. U
suvda ham,
quruq likda ham bir xil ko‘rsa kerak. Chunki u suv yuzida
katta ko‘zlari
ning
yarmi suvda, yarmi havoda bo‘lgan holatda
suzib yuradi.
52-MAVZU
YASSI KO‘ZGU
Ko‘zguga qaramagan odam bo‘lmasa kerak. Unga
qarab nimani
ko‘ramiz? Ko‘z
guda biz o‘z ak
simizni va atrofimizdagi buyumlarni
ko‘ramiz. Ko‘zgudagi tasvir o‘l
chamlari, buyumlar o‘lchami bilan
bir xil bo‘ladi. Ko‘zguga yaqin
lashsak,
tasvir ham yaqin
lashadi,
uzoqlashsak tasvir ham uzoqlashadi. Demak, tasvir ko‘zguning yuzida
emas, balki ichkarisida hosil bo‘ladi. Buning sababi nimada? Bir
tomoni kumush bilan qoplangan shisha plastinaga
ko‘zgu deyiladi.
Narsa, buyumlardan qaytgan yorug‘lik ko‘zguga
tushadi va uning
kumushlangan qatlamidan qaytadi. Yorug‘likning qaytish qonunidan
foydalanib, yassi ko‘zguda tasvir hosil qilishni ko‘raylik (110-rasm).
Tasvir hosil qilish uchun buyumdan ikkita nurni ko‘zguga yo‘nal-
tiriladi. Bu nurlar ko‘zgu yuzasidan qaytish qonuniga rioya qilib
qaytadi.
110-rasm.
Qaytgan nurlarni teskari
tomonga davom ettirilsa, buyum tasviri
ko‘zgu orqasida hosil bo‘ladi. Agar tasvirdan ko‘zgugacha va ko‘zgudan
buyum gacha bo‘lgan masofalar o‘lchansa, ular teng bo‘lib chiqadi.
Ko‘zgudagi aksimizga qarab,
unga o‘ng qo‘limizni uzatsak,
aksimiz chap qo‘lini uzatadi.
Demak, yassi ko‘zguda chap
tomon bilan o‘ng tomonning o‘rni
almashinib ko‘rinadi. Ko‘zgudagi
buyum o‘zidan nur chiqarmaydi.
Shu
sababli tasvirni
mavhum tasvir
deyiladi.