Kegl cc pechat indd


-MAVZU LABORATORIYA ISHI. SHAYINLI TAROZI YORDAMIDA


səhifə31/197
tarix28.03.2022
ölçüsü
#54287
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   197
fizika 6 uzb @darsliklar bot

15-MAVZU
LABORATORIYA ISHI. SHAYINLI TAROZI YORDAMIDA 
JISM MASSASINI O‘LCHASH
Kerakli asboblar.  Shayinli  tarozi  toshlari  bilan,  stakan,  suv,  massasi 
o‘lchanishi kerak bo‘lgan kub, shar, silindr shaklidagi jismlar.
Ishni bajarish.
1. Shayinli tarozining tuzilishi, turli massaga ega bo‘lgan tarozi 
toshlari bilan tanishish (14-rasm).
2. Jism massasini o‘lchashdan oldin tarozi muvozanatga keltiriladi. 
Lozim bo‘lsa, pallalarga qog‘oz parchalari qo‘yiladi.
3. Massasi aniqlanadigan jismni tarozining chap pallasiga, toshlarini 
o‘ng pallasiga qo‘yiladi.
50
500
200
100
10
20
20
50
14-rasm.


32
4. Tarozini buzib qo‘ymaslik uchun toshni taxminan jism massasiga 
yaqinrog‘ini tanlab qo‘yiladi. Juda ko‘p farq qiluvchi toshni qo‘yganda 
tarozining og‘ishi chegaradan chiqib ketishi mumkin.
5. Tarozi pallasiga ho‘l, iflos, issiq jismlarni qo‘yish mumkin emas. 
Unga suyuqlikni bevosita quyish, idishsiz sochilib ketuvchi narsalar 
(shakar, tuz)ni ham solish mumkin emas.
6.  Tarozida  faqat  uning  pasportida  yozilgan  yukdan  ortiqcha  yukni 
tortish mumkin emas.
15-rasm.
7. Kichik massali toshchalarni faqat pinset (mo‘ychinak) yordamida 
idishidan olib pallaga qo‘yiladi. Chunki qo‘l bilan ushlansa, qo‘ldagi 
nam va yog‘ tosh chaga o‘tib, uning massasiga ta’sir qilishi mumkin.
8. Pallaga qo‘yilgan tosh yengil bo‘lsa, unga chamalab yengilroq 
toshdan boshlab qo‘shib borish kerak.
9. Tarozi muvozanatga kelib, strelkasi nolni ko‘rsatsa yoki u pallalar 
qo‘yilgan tomonlarning ko‘rsatkich uchlari bir to‘g‘ri chiziqqa kelsa, 
palladagi toshlar massalarining yig‘indisi hisoblanib yozib olinadi.
10. Tarozida suvsiz bo‘sh stakan massasi m
st.
 tortib olinadi (15-
rasm).
11. Stakanni palladan olib, unga ma’lum miqdorda suv quyiladi.
12. Suvli stakanni tarozi pallasiga qo‘yib, massasi m
st.suv
 o‘lchanadi.
13. m
suv
 = m
st.suv 
 m
st
 formuladan stakandagi suv massasi hisoblanadi.
Izoh. Agar o‘lchanadigan jism massasi sizda mavjud bo‘lgan eng 
kichik tosh (20 mg) qo‘yilganda ham og‘ir yoki yengil kelsa, 
umumiy massa yaxlitlab yoziladi. Masalan,  100 g 
 20 g  1 g  
+ 500  mg + 20  mg  bo‘lganda  og‘ir,  100 g 
 20 g 1 g  500 mg  bo‘lganda 
yengil bo‘lsa, m 
 121,5 gramm olinadi.


33
 
1. Jismlar qizdirilganda uning massasi qanday o‘zgaradi?
2. Nima sababdan shayinli tarozida o‘lchash, prujinali tarozida 
o‘lchashga nisbatan aniqroq bo‘ladi?
3. Gaz  massasini  qanday  usulda  o‘lchash  mumkinligi  haqida  o‘ylab 
ko‘ring.
4. Jismlarning inertligi deganda nimani tushunamiz?
• Chivin  massasi  ~ 0,001  g.
• 
Filning endigina tug‘ilgan «chaqalog‘i»ning massasi taxminan 
100 kg.
• «NEXIYA» avtomobilining massasi taqriban 1400 kg.
• Bir dona bug‘doy massasi 
 0,01  g.
• Yer massasi taqriban 
.
• Quyosh massasi taqriban 
.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin