44-MAVZU ELEKTR TOKI HAQIDA TUSHUNCHA. TOK MANBALARI Jismlarning elektrlanganligini «elektrometr» deb ataluvchi
asbob yorda
mida aniqlash mumkin (88-rasm). Elektrometrning
yuqori qismiga metall shar o‘rnatilgan bo‘lib, unga metall sterjen
mahkamlangan. Metall sterjenning ikkinchi uchiga aylana oladigan
holda strelka o‘rnatilgan. Zaryadlangan tayoqchani metall sharga
tekkizilsa, tayoqchadagi zaryadlar sharga, undan metall sterjenga va
strelkaga o‘tadi. Sterjen va strelka bir xil ishorada zaryadlanganligidan
ular bir-biridan itarilib qochadi va strelka ma’lum burchakka og‘adi.
88-rasm.
89-rasm.
Shunday tajribani qilib ko‘raylik. Ikkita elektrometrni olib, ulardan
birini zaryadlaylik. So‘ngra ularning sharlarini metall chizg‘ich
orqali bir-biriga tekkizaylik. Shunda 2-elektrometr strelkasining ham
ochilganligini ko‘ramiz. Demak, metall sterjen orqali 1-elektrometrdan
2-elektrometrga zaryadlar oqib o‘tar ekan. Tajribani metall sterjen
o‘rniga plastmassa sterjen qo‘yib takrorlaylik. 2-elektrometr strelkasi
joyida qoladi. Demak, plastmassa sterjen orqali zaryadlar oqishi
kuzatilmas ekan.
122
Tajribadan quyidagi muhim xulosani chiqaramiz.
Moddalar elektr o‘tkazish qobiliyatiga ko‘ra,