o‘tkazgich- larga va o‘tkazmaydiganlarga bo‘linadi. Barcha metallar, tuz va kislo-
talarning suvdagi eritmalari o‘tkazgichlarga kiradi. Elektr o‘tkaz-
maydigan modda va jismlarni
dielektriklar deb ham ataladi. Dielektrik
moddalarga chinni, rezina, plastmassa, havo, toza distillangan suv
kiradi. Dielektrik moddalardan yasalgan jismlarga
izolyatorlar deyiladi.
Elektr zaryadlarining bir tomonga tartibli harakatiga
elektr toki deyiladi.
Zaryadlangan zarralar bir tomonga harakatlana olishi uchun
ular erkin harakatda bo‘lishi kerak. Yuqorida aytilganidek,
atomning tashqi qobig‘ida joylashgan elektronlar qo‘shni atomlar
ta’sirida atomlar oralig‘iga o‘tib erkin elektronlarga aylanadilar (89-
rasm).
Shu sababli elektr toki mavjud bo‘lishining birinchi sharti moddada erkin elektronlarning mavjud bo‘lishidir.
Elektr tokining yo‘nalishi sifatida tarixan musbat zaryadlangan zarralarning yo‘nalishi qabul qilingan (89-rasm).
Erkin harakatda bo‘lgan zarralarning bir tomonga harakatlanishi
uchun ularni bunday harakatga majburlovchi kuch kerak bo‘ladi.
Bunday majburlovchi kuch tok manbalari yordamida hosil qilinadi.
XVIII asr oxirigacha olimlar «elektr»ni asosan ishqalanish orqali
hosil qilganlar. XVIII asr oxiriga kelib elektr hodisalarini o‘rganishda
katta burilish ro‘y berdi. Italiyalik olim A. Volta mis va rux plastinalari
orasiga kislota shimdirilgan mato qo‘yilsa, mis plastina musbat isho-
rada, rux plastina manfiy ishorada zaryadlanib qolishini aniqlaydi.
Bu plastinalarni bir-biriga o‘tkazgich orqali ulansa elektr toki o‘tishini
kuzatadi.
Shunday qilib birinchi
tok manbai ixtiro qilinadi.
Volta manba tokining kuchini oshirish uchun mis va rux
plastinalarini doira shaklida qirqib, orasiga kislota shimdirilgan matoni
qo‘yadi va ularni ustuncha shaklida taxlaydi. Bu manba «Volta ustuni»
deb ataldi hamda elektr va magnit hodisalarini o‘rganishda katta rol
o‘ynadi (90-rasm).
Volta ustunida zaryadlarning ajralishi kimyoviy reaksiyalar natijasida
bo‘ladi (batafsil yuqori sinflarda o‘rganiladi). Kimyoviy reaksiyalarga
asoslangan tok manbalarini