144
va
haqiqiy bo‘ladi. Agar buyum ko‘zgudan 2
F va
F oralig‘idagi
masofaga qo‘yilsa (113-rasm), tasvir bu safar ham
1 va
2 nur yor-
damida yasaladi. Tasvir
to‘nkarilgan, kattalashgan va
haqiqiy bo‘ladi.
Agar buyum 2
F masofaga qo‘yilsa, buyum va tasvir ustma-ust tushadi.
112-rasm.
113-rasm.
114-rasm.
114-rasmda qavariq ko‘zguda tasvir
hosil qilish ko‘rsatilgan.
Unda tasvir
to‘g‘ri, kichiklashgan va mavhum bo‘ladi.
Hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki, qa-
variq va botiq ko‘zgularda
buyumdan
ko‘zgu mar
kazigacha bo‘lgan masofa
d,
tasvirdan ko‘zgu o‘rtasigacha bo‘lgan
masofa
f (112-rasm) va fokus masofasi
F orasida quyidagicha bog‘liqlik bor:
.
Botiq ko‘zgularda
d va
F hamma vaqt musbat qiymatga ega.
f ning
qiymati
haqiqiy tasvir uchun musbat,
mavhum tasvir uchun manfiy
bo‘ladi.
Sferik ko‘zgular kundalik turmushda va texnikada keng qo‘llaniladi.
Qavariq ko‘zgular avtomobillarda
orqa tomonni kuzatish uchun
o‘rnatiladi. Chunki unda yassi ko‘zguga nisbatan kattaroq joyni ko‘rish
mumkin. Botiq ko‘zgular nurni to‘plash xususiyatiga ega bo‘lganligidan
projektorlarda, avtomobil va qo‘l chiroqlarida qo‘llaniladi.
1. Mavhum tasvir deganda nimani tushunamiz?
2. Tajribada sferik ko‘zgularning fokusi qanday topiladi?
3. Sferik sirt markazi va ko‘zgu fokusi ustma-ust tushadimi?
4. Botiq ko‘zguda kattalashgan tasvirni olish uchun buyumni
qayerga qo‘yish kerak?