Masala yechish namunalari 121-rasm.
1-masala. 121-rasmda botiq ko‘zguga
kel gan nur ko‘rsatilgan. Ko‘zgudan qayt-
gan nur qaysi oraliqdan o‘tadi? M –
ko‘zgu markazi, F – ko‘zgu fokusi.
Yechilishi. Botiq ko‘zgularga bosh optik
o‘qqa parallel kelgan nurlar ko‘zgudan
qaytgach, fokusdan o‘tadi. Agar nur
ko‘zgu markazidan uzoqroq masofadan
kelsa, M va F oralig‘idan o‘tadi.
b)
122-rasm.
a)
2-masala.Ikkita nuqtaviy yorug‘lik man
bai,
kichik bir sharcha va ekran 122-a rasmda ko‘r-
satilganidek joylashtirilgan. Ekranda shar
chaning
soyasi va yarim soyasi qanday hosil bo‘lishini
ko‘rsating.
Yechilishi. Masalaning yechilishini chizma
orqali ko‘rsatish qulay. Ekrandagi A sohada soya,
B sohalarda yarim soya kuza tiladi (122-rasm).
3-masala. Fokus masofasi 20 sm bo‘lgan botiq
ko‘zguda shamning tasviri f = 30 sm masofada
hosil bo‘ldi. Shamning ko‘zgudan uzoqligi (d) ni toping.
B e r i l g a n :
F o r m u l a s i :
Y e c h i l i s h i :
F = 20 sm
f = 30 sm
d = 60 sm.
Javobi: 60 sm.
Topish kerak
d = ?