149
Demak, yuqorida aytilgan kamalak ham yomg‘ir tomchilari xuddi
prizma kabi nurlarni qaytarishi va undan sinib o‘tishi sababli paydo
bo‘ladi.
Aristotel kamalak uchta rangdan iborat deb hisoblagan: qizil, yashil,
binafsha. Nyuton esa dastlab kamalakda beshta rangni ajratgan: qizil,
sariq, yashil, ko‘k, binafsha. Keyinchalik o‘nta rang bor deb aytgan.
Oxirida yettita rangda to‘xtagan. Haqiqatan, kamalakka diqqat bilan
qaralsa, ranglar bir-biridan aniq chegara bilan ajratilmagan. Yetti
raqamining qabul qilinishi shartli bo‘lib, qadimdan bu raqamga
alohida urg‘u berilgan. Dunyodagi yetti mo‘jiza, yetti qavat osmon,
haftaning yetti kuni va h.k. Momaqaldiroqli yomg‘irdan so‘ng
ko‘ringan kamalak yorqin bo‘ladi. Maydalab yoqqan yomg‘irdan so‘ng
hosil bo‘lgan kamalak xiraroq bo‘ladi. Quyosh gorizontga qancha yaqin
bo‘lsa, kamalak o‘lchamlari shuncha katta bo‘ladi.
1.
Kamalak favvoraning hamma tomonidan ham bir vaqtda
ko‘rinadimi?
2. Agar prizmaga faqat bir rangdagi nur yuborilsa, ekranda nima
ko‘rinadi?
3. Nima sababdan osmon havorangda, ertalab va kechqurun Quyosh
chiqishi va botishida qizarib ko‘rinishi haqida o‘ylab ko‘ring.
•
Spektrda nurlarning ketma-ket joylashish tartibini quyidagi
sehrli so‘zlarning bosh harflaridan topish mumkin. «Qip-qizil,
zo‘r savzi, yam-yashil hovlida ko‘karib bo‘ldi». Q – qizil, Z – zar-
g‘aldoq, S – sariq, Ya – yashil, H – havorang, K – ko‘k va B – binafsha.
Dostları ilə paylaş: