Kegl cc pechat indd



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/197
tarix14.02.2022
ölçüsü1,85 Mb.
#52557
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   197
fizika 6 uzb

2. Tovushning balandligi. Bu kattalik tovush chastotasi bilan 
belgilanadi. Ma’lumki, inson gapirganda yoki ashula aytganda bir xil 
chastotali tebranishlar chiqar masdan, ko‘p xil chastotali tebranishlar hosil 
qiladi. Erkak kishi gapirganda uning tovushida 100 dan 7000 Hz gacha, 
ayol tovushida 200 dan 9000 Hz gacha bo‘lgan tebranishlar uchraydi. 
Nog‘oradan chiqadigan tovushlar 90 dan 14 000 Hz gacha bo‘ladi.
3. Tovush tembri. Unga qarab kim gapirayotganini, kim 
kuylayotganini yoki qanday cholg‘u asbobi chalina 
yotganini aniqlash 
mumkin. Tovush ichidagi ko‘p chastotali tebranishlardan eng kichik 
chastotasi 

0
 ni asosiy ton deyilib, 2

0
, 3

0
  va  h.k.  chastotali  tebra-
nishlarni 
obertonlar  deyiladi.  Mana  shu  obertonlar  soni  va  obertonlar 
kuchi hamda tovush balandligiga qarab, tovush manbalari turli xil 
tembrga ega bo‘ladi.
Erkaklar chiqaradigan asosiy tonga qarab, ovozi «Bas» (80–350 Hz), 
«Bariton» (110–400 Hz), «Tenor» (230–520 Hz) kabilarga, ayollarnikini 
«Soprano» (260–1050 Hz),  «Kontralto» (170–780 Hz), «Messo-soprano» 
(200–900 Hz) va «Koloratur soprano» (260–1400 Hz) larga bo‘linadi.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin