21-MAVZU JISMLARNING O‘ZARO TA’SIRI HAQIDA MA’LUMOTLAR. KUCH Atrof-muhitga qarasangiz, hamma narsa bir-biriga ta’sir ko‘rsat
gan-
ligini ko‘ramiz.
Yuqoriga otilgan tosh yana qaytib Yerga tushadi. Chunki uni Yer
o‘ziga tortib turadi. Temir bo‘lagiga magnitni yaqinlashtirsak, uni
tortib oladi. Koptokni devorga otsak, undan sapchib qaytadi. Yurib
ketayotgan avtomobil motori o‘chirilsa, biroz yurib to‘xtaydi. Bunda
yo‘l bilan g‘ildiraklar orasidagi ta’sir tufayli tezligi kamayadi. Bu
ta’sirlashishlar tufayli jismning tezligi o‘zgaradi.
Plastilin yoki saqichni olib, barmoqlarimiz bilan qissak, uning
shakli o‘zga
radi. Xuddi shunday mis tangani bolg‘a bilan urilsa,
yalpayib shakli o‘zgaradi.