termometr deyiladi.
Uning ixtirochisi Galiley hisoblanadi. Sizning salomatligingizni shifokor
tekshirganda tempe
raturangizni o‘lchagan termometrni ko‘rgansiz.
Albatta, hozirgi termometr Galiley ixtiro qilgan termo
metr (termoskop)
dan farq qiladi. Termometrlarda moddalarning issiqlikdan kengayishi
xossasidan foydalaniladi. Galiley termometrida havoning kengayishi-
dan foydalanilgan edi (80-rasm). Keyinchalik fransiyalik olim Rey
1631-yil da suvli termometrni yasaydi. Hozirgi kunda ishlatiladigan
termometrlarda asosan simob va spirt ishlatiladi. Ulardan biri rasmda
keltirilgan (81-rasm). Isitilganda naychadagi modda kengayib, yuqoriga
ko‘tariladi, soviganda torayib, pastga tushadi. Bu termometrlarning
ko‘rsatishi graduslarda ifodalanadi. Shved olimi A. Selsiy (1701–1744)
tempera turani o‘lchashda hisob boshi bo‘lgan 0 (nol) uchun eriyotgan
muz temperaturasini oladi (82-a rasm). Normal atmosfera bosimida
qay nayotgan toza suv temperaturasini 100 gradus deb qabul qilinadi
(82-b rasm). Ular oralig‘ini 100 bo‘lakka bo‘lib, bir bo‘lagini 1°C deb
qabul qilinadi. Xonadagi yoki idishdagi suyuqlik temperaturasini
o‘lchash uchun termometrni o‘lchana
yotgan muhitda biror muddat
ushlab turish kerak. Shun da termometrdagi suyuqlik temperaturasi
113
muhit temperaturasiga tengla
shadi. Idishdagi suvning temperaturasini
termometrni suvdan chiqarmasdan ko‘rish kerak. Aks holda, termometr
suvdan olinishi bilanoq uning ko‘rsatishi o‘zgarib ketadi.
80-rasm.
81-rasm.
82-rasm.
Bemorning temperaturasini o‘lchaydigan tibbiyot termo
metri bunday
kamchilikdan xoli. Shifokor termometrni bemordan olib, bema-
lol ko‘rishi mumkin. Chunki undagi simob ustuni pastga tushib ket-
maydi. Bunga erishish uchun termometr naychasining quyi qismi
ingichka qilib yasaladi. Bunda isigan simob ustuni bemalol ko‘tarilsa-
da, soviganda ingichkalashgan joyda simob ustunchasi uzilib qoladi.
Termometr ko‘rsatishi aniqlab olingandan so‘ng, uni silkitiladi.
Shunda yuqori qismida qolgan simob bo‘lagi pastga tushib qo‘shiladi.
Tibbiyot termometrining o‘lchash chegarasi 35°C dan 42°C gacha
bo‘ladi. Sog‘lom odamning temperaturasi ~36,6°C bo‘ladi. Tana
temperaturasining bun
dan chetlashishi kasallikdan darak beradi. Uy
hayvonlari – qo‘y, sigir, ot, quyon larning temperaturasi 38–40°C,
qushlarniki 41–42°C atrofida bo‘ladi.
Modda temperaturasining quyi yoki yuqori chegarasi bormi? Yerda
tabiiy sharoitda Antarktikada minus 88°C temperatura qayd etilgan
(1960-y. ilmiy stansiyada). Hisob-kitoblarga qaraganda temperaturaning
quyi chegarasi minus 273,15°C ga teng. Uy sharoitida biz qanday
temperaturalar bilan ish ko‘ramiz? Suv 100°C da qaynaydi. Uni
qaynatish uchun ishlatilgan tabiiy gaz alangasida temperatura 1500–
1800°C ga boradi. Cho‘g‘lanma elektr lampochkasidagi temperatura
2500°C atrofida bo‘ladi. Avtomobil dvigatelida yoqilgan yonilg‘i hosil
qilgan temperatura ~1700°C bo‘lsa, elektr payvandlashda 7000°C gacha
boradi. Yuqori chegara qayd qilingan emas.
114
1. Agar havoning temperaturasi odam tanasining temperaturasidan
yuqori bo‘lsa, tibbiyot termometri vositasida bemor temperatu-
rasini qanday o‘l chash mumkin?
2. Termometr naychasining diametri kichraytirilsa, termometr ko‘r-
sa tishining aniqlik darajasi qanday o‘zgaradi?
3. Tibbiyot termometrini qanday suvda yuvish kerak? Sovuq suvda-
mi yoki issiq suvdami?
Dostları ilə paylaş: |