42-MAVZU LABORATORIYA ISHI. TERMOMETR YORDAMIDA HAVO VA SUYUQLIK TEMPERATURASINI O‘LCHASH Kerakli asboblar. Termometr, issiq suv, sovuq suv, menzurka, shisha
tayoq cha, suv solish uchun kosacha.
Ishni bajarish tartibi. 1. Termometr fizika xonasining quyosh nurlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tush maydigan, isitish vositalari (batareya, plitka)dan uzoqda, lekin
shkalasi aniq ko‘rinadigan joyga osib qo‘yiladi.
2. Tajribani o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida (5–6 min) termo metr
ko‘rsatishi o‘zgarmay qolganidan so‘ng xona temperaturasi yozib olinadi.
3. Plitka yoki gaz alangasida suvli idish qizdiriladi.
4. Menzurkada 100 ml suv o‘lchab olinib, kosachaga quyiladi
va termometr suvga tushiriladi. Biror minutdan so‘ng termometr
ko‘rsatishi t 1
yozib olinadi.
5. Menzurkada 100 ml suv o‘lchab olinadi va unga termometr
tushiriladi. Biror minutdan so‘ng termometr ko‘rsatishi t 2
yozib olinadi.
6. Menzurkadagi issiq suvni sovuq suvli kosachaga ag‘dariladi.
Shisha tayoqcha bilan aralashtirilib, temperaturasi t 3
o‘lchanadi.
7. Yuqoridagi tajribani issiq suvning temperaturasi turlicha bo‘lgan
hollarda takrorlanadi.
1. Nima sababdan suvga tushirib olingan termometrning ko‘rsa tishi suvdan olinganda tushib ketadi? 2. Tajribalarni naychasining diametri kichikroq bo‘lgan termometr bilan o‘tkazilsa, o‘lchash aniqligi qanday o‘zgaradi? 3. Ikkita bir xil stakanning bittasi bo‘sh, ikkinchisida qand bo‘lagi bor. Ularga choynakdan choy quyib temperaturalari o‘lchansa, qand solinganida pastroq bo‘ladi. Sababi nimada?