linzaning fokusi (F ) deyiladi. Linzaning optik markazidan shu
nuqtagacha bo‘lgan masofa
linzaning fokus masofasi deyiladi.
Linzaga teskari yo‘nalishda parallel nurlar tushirilsa, ular ikkinchi
tomonda to‘pla
nadi. Shunga ko‘ra,
har qanday linzada ik kala tomonda bittadan fokus bo‘ladi. Botiq linza bilan shunday tajriba o‘tkazil sa, nur-
lar aksin
cha, sochilib ketadi (117-rasm). Sochilgan nurlarni fikran
davom ettirilsa, optik o‘q dagi F nuqtada kesishadi. Shu ning uchun botiq
linzaning fokusi mav
hum. Shunday qilib,
qavariq lin za yig‘uvchi linza, botiq lin za sochuvchi linza deb ataladi. Linzalarning bir tomoni sferik, ik
kinchi tomoni tekis bo‘lishi ham
mumkin.
115-rasm.
116-rasm.
117-rasm.
Qavariq linzada buyumni ma’
lum oraliqqa joylashtirilsa, undagi
tasvir kattalashgan bo‘lar ekan. Uning bu xususiyatidan narsalarni
kattalashtirib ko‘rishda foydalaniladi.