Gaz xususiy shaklga va hajmga ega emas. Suyuqlik biror idishga qu
yilsa, o‘sha idish shaklini egallaydi. Lekin
o‘z xususiy haj
mini saqlaydi. Do‘
konlarda yaxna ichimliklarni 1,5 l,
1 l va 0,5 l li idishlarda sotilishini yax
shi bila
siz. Avtomobil yonil-
g‘ilari ham litrlab o‘lchanadi. Suyuqliklarda molekulalar yaqin joy-
lashganligi tu
fayli o‘zaro tortishish kuchlari sezilarli bo‘ladi. Shun-
ga ko‘ra o‘z hajmini saqlaydi. Lekin og‘irligi ta’sirida «yal
payib»
idish shaklini oladi. Suyuqlik molekulalari orasidagi torti
shish kuchi
suyuqlik shaklini saqlay oladigan darajada katta emas. Shunday bo‘lsa-
da, suyuqlikni siqish juda qiyin.
Bir tajribada suvni siqish uchun uni qo‘rg‘oshin shar ichiga quyib,
og‘zi kavsharlangan. Shundan keyin sharni qisish uchun uni og‘ir
bolg‘a bilan urilgan. Bunda suv qisilmasdan sharni yorib sizib chiqqan.
Suyuqlik xususiy hajmga ega, lekin shaklga ega emas. Atrofimizdagi ko‘pchilik nar
sa lar qattiq jismlardan iborat. Ruchka,