25
Qattiq jismlarda ham diffuziya hodisasi kuza tiladi.
Shunday tajriba o‘tkazishgan. Juda yaxshi silliqlan gan qo‘rg‘oshin va
oltindan yasalgan ikkita plastinani olib, bir-birining ustiga qo‘
yishgan.
Ular
ustidan yuk bostirib, xona tem
peraturasida 4–5 yil qoldirishgan.
Shundan so‘ng ularni olib qaralsa, plas
tinalar bir-biriga taxminan 1
mm kirishib ketganligi kuzatilgan.
Misr piramidalari yo‘nilgan tosh
lardan taxlab quril
gan.
Lekin bu
toshlar tutashgan joylaridan yomg‘ir ich
karisiga o‘tmaydi. Chunki ming
yillab bir-biriga yuk ostida tegib tur
ganligidan tegish qatlamlari o‘zaro
diffu ziyalanib ketgan.
8-rasm.
Demak, diffuziya hodisasi gazlar
da tezroq, suyuq
liklarda sekinroq,
qattiq jismlarda juda sekin boradi.
Diffuziyaning borish tezligi temperaturaga ham
bog‘liq.
Temperatura ortishi bilan diffuziya tezlashadi.
Diffuziya hodisasi tabiatda muhim rol o‘y-
naydi. Masalan, diffuziya
tufayli havoga sanoat
korxonalaridan chiqqan zaharli gazlar tarqalib
ketadi. Nafas chiqarilganda chiqqan karbonat angidrid gazi ham
burun atrofida to‘planib qolmaydi. Sabzavotlarni tuzlash ham diffuziya
hodisasiga asoslan
gan (8-rasm). Diffuziya inson va hayvon
lar
hayotida
katta ahamiyatga ega. Masalan, havodagi kislorod diffuziya tufayli
inson terisi orqali organizmga kiradi. Diffuziya tufayli oziqlantiruvchi
moddalar hayvonlar ichagidan qonga o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: