12-MAVZU QATTIQ JISM, SUYUQLIK VA GAZLARNING MOLEKULYAR TUZILISHI Sovuq qish kunlarida hovuzlar, ko‘llar va ariqlarda suv muzlaydi.
Yozda, aksincha, hovuzchadagi suv ancha turib qolsa, qurib qoladi.
Bunda suv bug‘ga aylanib ketadi. Tabiatda suv uch xil holatda
uchraydi. Qattiq – muz holatida, suyuq – suv va gazsimon – bug‘
holatida. Demak, bug‘, suv va muz bir xil molekula
lardan tashkil
topgan. Ular faqat molekulalarning o‘zaro joylashishi va harakati
bilan farq qiladi. Bug‘ alohida-alohida molekulalardan tashkil
topgan bo‘lib, to‘xtovsiz va tartibsiz harakat qiladi. Shu sababli suv
yuzasidan ko‘tarilgan bug‘ havoga oson aralashib ketadi. Havo
tarkibida har doim suv bug‘lari bo‘ladi. Shuningdek, havoda kislorod,
karbonat angidrid kabi boshqa gazlar bor. Ularning molekulalari ham
to‘xtovsiz va tartibsiz harakatda bo‘ladi. Deraza tirqishidan tushgan
yorug‘likka yon tomondan qarasangiz havodagi juda mayda chang
zarralarining ham to‘xtovsiz va tartibsiz harakatini kuzatish mumkin.
Ularning bunday harakati havodagi turli gaz molekulalari bilan
to‘xtovsiz to‘qnashib turishlari tufaylidir. Puflanadigan yupqa sharni
biroz shishirib, og‘zini mahkam bog‘laylik. Uni qo‘l bilan qissak
kichrayganini ko‘ramiz. Demak, gazni siqish mumkin. Ikkita yupqa
sharni olib, birini birorta naycha orqali puflab shishiraylik. So‘ngra
sharcha og‘zini ip bilan mahkam bog‘lab, naychaning ikkinchi uchini
boshqa puflanmagan sharcha og‘ziga mahkamlaylik. So‘ngra birinchi
sharcha og‘zidagi bog‘langan ipni ochib yuborsak, havo naycha orqali
ikkin chi sharchaga o‘tib uni shishiradi (9-rasm). Demak, gaz bir
idishdan ikkinchisiga tutashtirilgan nay orqali o‘z-o‘zidan o‘ta oladi.
Gazni qaysi idishga solmaylik, o‘sha idish shaklini va hajmini to‘la
egallaydi. Gazlarning mole
kulalari orasidagi masofa moleku
lalarning
o‘lchamidan o‘rtacha 100–1000 marta katta. Bunday masofada
molekulalarning o‘zaro tortishish kuchi juda kichik bo‘ladi.
9-rasm.