massa deb ataluvchi
fizik kattalik o‘ylab topilgan. Jismning inertlik xossasini xarakterlovchi
fizik kattalikka jismning
massasi deyiladi. Jism massasini o‘lchashning
usullari ko‘p. Shulardan hammaga ma’lumi tarozi yordamida
o‘lchashdir. Amaliyotda ishlati
ladi gan tarozilar turli tipda bo‘ladi:
o‘quv, analitik, elekt
ron va h.k. 12-a rasmda o‘quv (shayinli), b-rasmda
esa elektron tarozi keltirilgan. Yuqorida aytganimizdek, massa birligi
1 kilogramm bo‘lib, toshining namunasi Parij yaqinidagi Sevr degan
shaharchada saqlanadi (11-rasm).
11-rasm.
Namuna silindr shaklida bo‘lib, balandligi va diametri 39 mm
atrofida. Undan 40 ta nusxa tayyor
lanib, turli
mamlakatlarga tarqatilgan.
Jism massasining ko‘p yoki kamligi un
dagi
moddaning yoki narsalarning ko‘p-kamligiga
bog‘liq. Masalan, bir qop yong‘oq
ning massasi
bir xalta yong‘oq
nikidan, 1
che
lak suvning
massasi 1 piyola suvnikidan ko‘p.
Narsa va predmetlarning massasini 1 kg
ga nisbatan katta va kichik birliklarda ham
o‘lchash mumkin.