Kelib chiqishi: O’zbekcha Ma’nosi: xol bilan tug’ilgan aziz qiz yoki xudojo’y, taqvodor ayol



Yüklə 16,19 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü16,19 Kb.
#205749
matn. oraliq


I kurs magistratura talabasi Jurayeva Zarifaning Matn tilshunosligi fanidan ,, Tog’ay Murod asarlarida xotin-qizlar ismlari” mavzusida tayyorlagan oraliq nazorati.

Mingoy
Kelib chiqishi: O’zbekcha


Ma’nosi: xol bilan tug’ilgan aziz qiz yoki xudojo’y, taqvodor ayol.

Tush vaqti ayollar boʻgʻirsoq, qatlama, shirguruch koʻtarib toʻyladi. Erkaklar qoʻy, tana yetaklab toʻyladi.


Tom ustida yonboshlab olmish Nabi oqsoqol toʻyxonadagi voqealardan koʻz-quloq boʻldi, tegishli yoʻl-yoʻriqlar berdi.
Ayniqsa, kelajak mehmonlarni e’tibordan chetda qoldirmadi. Mehmonlar koʻcha boshida qora berishi bilanoq, Nabi oqsoqol ovoz berdi:
— Kelinglar, mehmonlar, kela beringlar! — dedi. — Mingoy baycha, ayollarga peshvoz chiqib, qoʻllaridan dasturxonni oling!

Tog'ay Murodning „Yulduzlar mangu yonadi“ asarida qo‘llangan mazkur antroponim bugungi kunda kamdan-kam hollarda uchraydi. Garchi asarda Mingoy ismi qo‘llangan bo‘lsa-da, E.Begmatovning „O‘zbek ismlari ma‘nosi“ kitobida mazkur ism izohi aynan keltirilmagan ekan. Mingoy ismining variantdoshi sifatida Mengoy ismi keltirilib, uning ma‘nosi meng, ya‘ni xol bilan bilan tug'ilgan oydek go‘zal, aziz qiz yoki xudojo‘y, taqvodor ayol deya keltirib o‘tilgan. Mazkur parchada Mingoy antroponimi bilan birgalikda qo‘llangan „baycha“ leksemasi esa asosan voha hududlarida qo'llanilib, xonim, oy degan ma‘nolarni anglatadi.


Momoqiz



Kelib chiqishi: O’zbekcha
Ma’nosi: Marhum buvisi o’rniga berilgan qiz
Boʻri hangini Momoqiz tarafga haydadi. Qizlar shu yoqqa qarab chopdi.
Boʻri qiyoqni qizlarga gartdak-gartdakdan berdi; Momoqizga moʻlroq berdi.
Qizlar Boʻrini kunilab-kunilab ketdi.
— Xasis, Boʻri xasis! — dedi.
— Egachim elakli boʻldi, elagi tilakli boʻldi! — dedi.
— Boʻridan it ham baraka topmaydi! — dedi.
Boʻri suvni chaylaga tushirdi. Hangini arqonlab keldi.
Momoqiz bugʻdoybogʻ soyasida oʻtirdi. Oʻrogʻini yerga qadab qoʻydi. Roʻmolini boshiga yelvagay qilib oʻradi. Bir uchini qayirib ogʻziga tishladi. Choʻp bilan yer chizdi. Ensiz qoshlari, kipriklari xiyol egildi...

Mazkur antroponim ham Tog‘ay Murodning „Yulduzlar mangu yonadi“ asarida qo‘llanilgan bo‘lib, go‘zallikda tengsiz qiz sifatida tasvirlanadi. Uning lug'aviy ma'nosi marhum buvisi o‘rniga berilgan qiz deya izohli lug‘atda keltirib o‘tilgan bo‘lsa-da, asarda bu haqida hech qanday ma‘lumot uchramaydi. Ushbu ism ham bugungi kunda kamdan-kam uchraydigan ismlardan biri hisoblanadi.
Suluv


Kelib chiqishi: O’zbekcha
Ma’nosi: Chiroyli, go’zal, ko’hlik

Brigadasida Suluv degich qiz boʻldi.


Boʻri polvon ana shu qizni koʻz ostiga oldi.
Suluv Boʻri polvon koʻngliga oʻtirib qoldi.
Koʻngliga oʻtirgani — Suluv erkak zoti koʻziga tik qaramadi.
Suluv oʻz oti oʻzi bilan suluv boʻldi.
Suluv yuzlar aql ibosi bilan shoista boʻldi.
Oʻroq oʻrishda, uzum uzishda Suluvdan oʻtadigani boʻlmadi.
Boʻri polvon Suluvni begona qilmadi.

Ushbu ism ham „Yulduzlar mangu yonadi“ asaridagi nomlardan biri bo'lib, sof o‘zbekcha ism hisoblanadi. Ismning ma‘nosiga keladigan bo‘lsak, nomidan ham ko‘rinib turibdiki, chiroyli, go‘zal, ko‘hlik degan ma‘nolarni anglatadi. Asarda ham ushbu antroponim ma‘nosiga xos va mos holda qo‘llanilgan va mazkur personajni mashxur polvonlardan biri Bo‘ri polvon yaxshi ko‘rib qoladi. Mazkur ism bugungi kunda turlicha ko'rinishlarda uchraydi. Suluvbeka, Suluvbibi, Suluvgul, Suluvjon, Suluvniso, Suluvnoz va Suluvyuz ismlari shular jumlasidandir.


Oymomo
Kelib chiqishi: O’zbekcha


Ma’nosi: To’lin oy kechasi tug’ilgan qiz yoki to’lin oydek zebo qiz
Kenja jiyaniga qatiq yalatib oʻtirmish Oymomo yangasidan orlandi. Oʻziga qaragan boʻldi: yelkasiga sirgʻanib tushmish iroqi roʻmolini yopindi. Yuqoriga yigʻilib qolmish koʻylagi barini tortdi, tizzalarini yopdi.


Mazkur ism Tog‘ay Murodning „Oydinda yurgan odamlar“ asarining bosh personajlaridan biri bo'lib, ushbu ism go‘yoki muallif tomonidan bekordan-bekorga tanlanmagan. Chunki uning ma‘nosi „O‘zbek ismlari ma‘nosi“ kitobida to‘lin oy kechasi tug‘ilgan qiz deya keltirib o‘tilgan. Asarda ham dastlab Qoplonbek va Oymomo ikkalasi turmush qurishgach, ulardanda baxtli inson bo'lmaydi. Lekin oradan yillar o‘tib taqdir taqozosiga ko‘ra ularning boshiga farzandsizlik dog‘i uchraydi, garchi ularning bu borada qilmagan tadbiri qolmasa ham bu onalik baxtiga musharraf bo'la olmaydi. Mening fikrimcha, muallifning asarni yozishdan oldin shunday maqsadni o'z oldiga qo‘yar ekan, shundan kelib chiqqan holda Oymomo ismini tanlagan. Ushbu xotin-qizlar ismi ham bugungi kunda kamdan-kam hollarda uchraydigan ismlardan biri hisoblanadi.
Yüklə 16,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin