EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
www.innacademy.uz
Volume 1 Issue 9, December 2021 ISSN 2181-2020
Page 364
MATN VA UNING TURLARI
Xasanova M.S.
1
1
Andijon mashinasozlik instituti assistenti
https://doi.org/
10.5281/zenodo.5812826
MAQOLA TARIXI
ANNOTATSIYA
Qabul qilindi: 10-Dekabr 2021
Ma’qullandi: 15-Dekabr 2021
Chop etildi: 20-Dekabr 2021
Ushbu maqolada matn, matnning turlari, matn
tilshunosligi, uning tarixi, olimlar fikri haqida umumiy
tushunchalarni aytib o`tilgan. Matn tilshunosligi fani aynan
badiiy matnni o’rganish, tilning estetik vazifasini tahlil qilish
bilan shug’ullanuvchi tilshunoslikning bir sohasidir.
KALIT SO’ZLAR
Matn, matn tilshunosligi,
makro matn, maksimal
matn,
matn
taxlili,
kontekst, adresat.
Ussullari. Ushbu maqolada matn
nutqiy jarayon mahsuli bo’lib,
tugallangan,
yozma shaklda mavjud bo’lgan, adabiy
shakllangan, supersintaktik butunliklardan
tashkil topgan.
Natijalari. Matn atamasi ilmiy
adabiyotlarda
turlicha
talqin
qilinadi.”O’zbek tilining izohli lug’ati”da
matn so’zining arabchadan o’zlashganligi,
aynan “tekst” so’zi anglatgan ma’noga
tengligiga ishora qilinadi.
Xulosa. Har qanday matn ma’lum
bir mazmunni tashish uchun xizmat qiladi,
o’z xususiyatiga ko’ra turli axborotlarni
etkazadi. Matn nutq korinishi bo’lib,
vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir.
Har bir
matn murakkab tuzulish va
mazmun mundarijasiga ega bo’lib, u og’zaki
va yozma ijod namunasi hisoblanadi.
Kirish.
Umumxalq
nutqidagi
barcha
birliklar badiiy tilda u yoki bu darajada
estetik qimmat kasb etadi. Aytish lozimki,
tilning estetik funksiyasining asosiy yuzaga
chiqish o’rni adabiy asar matni ekan, bu
vazifaning o’ziga
xos xususiyatlarini faqat
tilshinoslik va adabiyotshunoslik doirasida
o’rganib bo’lmaydi. Mazkur vazifani har
tomonlama mukammal o’rganish uchun
adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi,
poetika
kabi
adabiyotshunoslik
yo’nalishlari
va til tarixi, uslubiyat,
etimologiya, leksikologiya, semasiologiya,
grammatika kabi
tilshunoslik sohalari bir-
biri bilan hamkorlikda ish ko’rishi lozim.
Binobarin, tilning estetik vazifasi masalasi
bu ikki yirik fan oralig’idagi murakkab
muammodir.