EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH Innovative Academy Research Support Center
www.innacademy.uz
Volume 1 Issue 9, December 2021 ISSN 2181-2020
Page 366
potensial birlikdir xolos. Ularning vazifasi
faqatgina butun bir mexanizm bilan
aloqada tushuniladi.
Tilshunos olimlardan E.Qilichev
matnga quyidagicha ta’rif beradi: Matn
hamma elementlari bilan o’zaro zich
aloqada bo’lgan va avtor nuqtai nazaridan
ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan
nominativ-estetik axborotni ifodalovchi
murakkab
tuzilmadir.
Tilshunos
I.Rasulovning fikricha, gapdan katta birlik
murakkab sintaktik butunlik bo’lib, u fikran
va sintaktik jihatdan o’zaro bog’liq bo’lgan
gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr
gapga nisbatan ancha to’liq bo’ladi. Hozirgi
davrda matn turlari va ularga xos bo’lgan
belgi-xususiyatlarni
aniqlash
davom
etmoqda. Biz matnning o’ziga xos belgilari
sifatida axborot berish, mustaqil gaplar
yoki murakkab sintaktik butunliklardan
tashkil topishi, tarkibiy qismlar orasida
mazmuniy va sintaktik aloqalarning
mavjudligi, makon va zamonda izchilligi,
yaxlitligi, tugallanganligi, bir umumiy
mavzuga egaligi kabilarni tushunamiz.
Matn ana shunday belgilarni o’zida
mujassamlashtirgan
murakkab
kommunikativ-sintaktik butunlikdir.[5]
Matn gapdan ko’ra yirik hajmli aloqa
vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan
qonuniyatlar asosida shakllangan yozma
nutq ko’rinishidir. Matn hajm belgisiga
ko’ra minimal va maksimal matnlarga
ajratiladi. Ayrim adabiyotlarda matn hajm
belgisiga ko’ra uch turga ajratilgan: kichik,
o’rta, katta hajmli matnlar.
Telegramma, ma’lumotnoma, ariza,
ishonch xati, tushuntirish xati, vaqtli
matbuotda chiqadigan e’lon va kichik
xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi.
O’rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa,
she’r, doston, poemalar kiradi. Katta hajmli
matnlarga povest, roman, dramatic asarlar,
trilogiyalar kiradi.[6]
Biroq yuqoridagi kabi bo’linishlar
ayrim chalkashliklarni keltirib chiqaradi.
Boisi shunday dostonlar borki hajm
jihatidan romandan katta. Nafaqat hajm
jihatidan, balki ichki mazmun, xarakterlar
tasviri, ruhiyat talqini jihatidan ham
romanlardan qolishmaydigan dostonlar
bor.Masalan, “Alpomish”, “Go’ro’g’li”singari
go’zal dostonlarimiz shakl va mazmun
jihatidan yirik hajmli asar hisoblanadi.
Ko’rinadiki, bu tarzdagi tasnif jiddiy asosga
ega emas. Binobarin, matnni tilshunoslikda
keng tarqalgan ikkiga ajrarib tekshirish
tamoyili asosida o’rganish ham mantiqan,
ham amaliy jihatdan maqsadga muvofiqdir.
Minimal matn deganda biror
mavzuni yoritishga qaratilgan qatralar,
xalq
donishmandligini
ifodalaydigan
maqol, matal va aforizmlar, hajviy asarlar,
nomalar, she’rlar, umuman, kichik mavzuni
qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat
butunlik tushuniladi.
Matnning ichki tomonini mazmun
yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli
shakldagi bog’lamalar, sintaktik vositalar
birlashtirib turadi. Masalan: Sevgi nima?
Insoniyat paydo bo’ptiki, shu savol ustida
bosh qotiradi. Ammo javob topolmaydi.
Agar inson sevgining barcha sir-asrorini
bilganida edi, uning modeli – qolipini
yaratgan bo’lardi. Sevgi hech qanday
qolipga sig’magani uchun ham sirli va
abadiydir (O’.Hoshimov).
Mutaxasislar ba’zan bittagina gap
ham mikromatn tushunchasiga teng kelishi
mumkin, degan fikrni aytib o’tadilar.
Masalan: Bahor… Bu jumlada “tabiatning
jonlanishi”, “hamma yoqning ko’m-ko’k
bo’lishi”,
“atrof-muhitning
go’zallikka
burkanishi”,
kabi
yashirin
mazmun
mavjuddir. Lekin bu tildagi ko’rinishlarni