Page 346
Kelishik affikslari ham egalik affikslari kabi nutqda turli variantlarda qo`llaniladi.
Misol sifatida qaratqich kelishigi invariant shaklining variantlarini kuzataylik:
a)
Poetik varianti: bog’in mevasi
b)
Tarixiy varianti: manim bog’im
c)
Dialektik varianti: kitobing
d)
Fonetik varianti: mening
Kelishik paradigmasida kirish huquqiga faqat invariant shaklining -ning ega.
Tushum kelishigi invarianti - ni a) poetik varianti –I, - n bulardan -I varianti I, II shaxs birlik kishilik
olmoshi negiziga qo`shiladi: men+ I, sen+I; Tushum kelishigi affiksining bu
adabiy varianti ham qaratqich kelishigi affiksining jonli so`zlashuvga xos
varianti bilan omonimlik hosil qiladi: mani chaqirdi, meni kitopim kabi. Tushum
kelishigi affiksining uchinchi morfologik varianti -n poetik nuqtda uchraydi,
odatda III shaxs egalik egalik affiksidan keyin qo`llaniladi:
Tinim yo`q, har nafas sen yozar,
Bahor yechib o`z tugunchagi.
Tonggi kurtak, oqshomi g’uncha,
Sahar turib ochar chechagin Shu nutqda ham tushum kelishigi bilan qaratqich kelishigi affikslari
orasida omonimya voqe bo`ladi.
b) tarixiy varianti: -g, - ig, - g’, - ig’ c) dialektal varianti: - di, - ti d) qisqargan varianti: - n Jo`nalish kelishigining asosiy invariant ko`rsatkichi – ga qo`shimchasidir. Bu
yetakchi invariant sifatida qabul qilingan asosiy til birligidir. Aslida,
singarmonizm ta’sirida bu affiks qattiq va yumshoq varintlarga ega -qa (qattiq),
-ka (yumshoq) hamda hatto - g’a (oraliq- qorishiq) qo`llaniladi. Hozirgi o`zbek
tilining qipchoq shevalarida, eski o`zbek tilida -g’a varianti keng qo`llangan.
Biroq hozirgi o`zbek adabiy tili uchun bu shakl me’yoriy hisoblanmaydi.
Ya’’ni iste’moldan chiqqan, ishlatilmaydi.
-ga affiksning -qa va - ka variantlari shakl hosil qiluvchi asosining
qanday tovush bilan tugashiga qarab, o`rni bilan keng qo`llaniladi va bu holat
hozirgi adabiy tili uchun me’yoriy holat hisoblandi: quchoq+ qa = quchoqqa,
tilak+ ka = tilakka, bilak+ ka = bilakka kabi.
Hozirgi imlo qoidalariga tog’, bog’ kabi shakl yasovchi asoslarga - ga
affiksi shu ko`rinishda qo`shiladi: tog’+ga, bog’+ga kabi.
Biroq og’zaki nutq talaffuz me’yoriga ko`ra, bu so`zlar toqqa, boqqa
ko`rinishda ishlatiladi va bu me’yoriy holat hisoblanadi. Demak,
qo`shimchalarning -ga, - qa, - ka variantlari hozzirgi o`zbek tili uchun xarakterli