SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ ISSUE 6
ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 345
KELISHIK KATEGORIYASINING VARIANTLILIGI
Dilnoza Tog`ayeva
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va
adabiyoti universiteti
magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada qo`shimchalar variantlarining paydo bo`lish sabablari, ularning
tarixiy taraqqiyot natijasida o`zgarishlarga uchrash holatlarini, ilk invariantlarini
va hozirgi tilimizdagi variant qatorlari ko`rinishlarini,
shu bilan birga mavjud
qo`shimchalarni boshqa turkiy tillardagi mushtarak qo`shimchalar variantlari
bilan qiyosiy o`rganish va qo`shimchalar variantlarini o`rganishda xalq tili
boyliklaridan imkon boricha foydalanish kabi holatlarni o`rganishdan iboratdir.
Kalit so`zlar: qo`shimcha, variant,
turkiy til, kelishik, kategoriya,
invariant,
qiyosiy tilshunosik, affiksoid
VARIANCE OF CONTRACT CATEGORY
ABSTRACT
The reasons for the appearance of variants of suffixes in this article are an
illustration from the comparative study of the cases of their
occurrence as a result of
historical progress, the first invariants and the appearance of variant sequences in our
current language, as well as the existing suffixes with the common variants of suffixes
in other Turkic languages and the use of.
Keywords: addition, variant, Turkish language,
case study, category, invariant,
comparative linguistics, iksiksoid
Hozirgi o`zbek tilidagi qo`shimchalardagi variantlilk
muammosi hanuzgacha
maxsus tekshirish obyekti bo`lgan emas. Bu yo`nalishda ba`zi ishlarga yo`l-yo`lakay
fikrlar bildirilgan. Vaholanki, qo`shimchalar tarixiy va fonetik sabablarga ko`ra
ko`p variantli shaklida qo`llanishiga chuqurroq nazar tashlasak,
bu hodisa bevosita
singarmonizm qonuniyati bilan bog’liq ekanligini ko`ramiz. Qo`shimchalarning
variantliligini o`rganish tilning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishini atroflicha va
chuqur o`rganishga imkoniyat tug’diradi. Qo`shimchalarda
variantlilkini dastlab
turkiyshunoslar N.K.Dmitriyev, S.E.Malov, N.A.Baskakov va boshqalar qadimgi
yozma yodgorliklar va turkiy tillar grammatikalari bo`yicha yozilgan ilmiy
ishlarida bayon qilganlar. Biroq o`zbek tilshunosligida
bu hodisa tizimli tarzda
hozirgacha jiddiy o`rganilmadi. Bu esa mavzuning dolzarbligini ko`rsatadi.