Page 348
Tushum kelishigi variantliligi Hamma turkiy tillarda ma’no jihatdan bir xil bo`lib, fe’ldan anglashilgan
harakatning bajarilishdagi vosita, qurol ma’nosini anglatadi. Bu qo`shimcha
qadimgi turkiy tilda - I, - ig’ varanti bo`lib, hozirgi tillarda -ig’ varianti
deyarli saqlnmagan, - I varianti ham kishilik va ko`rsatish olmoshlari
so`nggi tovushining assimliyatsiya va morfologik qayta bo`linishi natijasida
hozirgi turkiy tilllarda -ni va uning turli assimiliyativ variantlari kelib
chiqqan.
Hozirgi turkiy tillarda tushum kelishigi qo`shimchasi quyidagi
ko`rinishlarga ega:
1) o`g’uz guruh tillaridan boshqa barcha turkiy tillarda - ni/ - nu/ - no / - di / - du / - do / - ti / - tu / - to: oltoy qapti (qopni), uguni (ukkini ) , kardi (
qorni ), tuva tevini, nomnu ( kitobni), maldi (molni);
2) qaraim, qumiq, qorachoy- balqar tillarida -ni / - nu / - no / - di / -du/ - ti / - tu: yo`ldi, koshto, boshni, yo`lni, tasti;
3) o`zbek tili va lahjalari, boshqa ayrim tillarda - ni / - di / - ti / -mi / -zi / - shi / - si / - xi / - chi: qapti, qardi, uyni, uydi, uyyi, otti, odammi, shoxxi,
sochchi kabi;
4) ozarbayjon, yoqut, turkman tillarida: - ni / - nu / - I (y) / -( u) - y: apani,
adami, bug’doyi, qorpoyu;
5) gagauz, turk tillarida – I / - u / -yi / - yu: burnu, biyeyi ( yilqisi)
6) oltoy, xakas, shor tilida -n / - bin / - g’in: atin, atabin, atag’in.
Qaratqich va tushum kelishiklari qo`shimchalari shakl jihatidan ko`p
hollarda teng kelsa ham, ularning kelib chiqishiga bu yaqinlikning aloqasi
yo`q, chunki bu ikki kelishik variantlardagi yaqinlik til taraqqiyotining keyingi
davrlari mahsulidir.
Jo`nalish kelishigi Hozirgi turkiy tillarda asosan bitta ma’noni harakatning yo`nalish
nuqtasini ifodalaydi. Jo`nalish kelishigidagi so`zning harakat yo`naltirgan
obyetk, o`rin yoki pyatni anglatishi bu kelishik shaklini olgan va uni
boshqargan negizning ma’nosiga bog’liq.
Jo`nalish kelishigi mazmun jihatidan ana shunday ma’lum darajada
chegaralangan bo`lishiga qaramay, turli turkiy tillarda ana shu ma’nolarni
ifodalovchi shakllariga ko`ra rang- barangdir. Hozirgi turkiy tillardagi jo`nalish
kelishigi shakli deb sanaladigan barcha qo`shimchalarning tarkibida a unlisi
uchraydi: - ga / - ka / - qa / - g’a / - cha kabi. Shunga ko`ra, qadimgi turkiy
tillarda jo`nalish kelishigi varianti asosan a bo`lib, - g / - k / - q / - g’ / - ch kabi
elementlar ma’noni konkretlashtiruvchi vositalar sifatida kelishik qo`shimchalari
tarkibida keyin hosil bo`lgan deb taxmin qilinadi. Har qanday qadimgi turkiy