Page 347
bo`lib, ana shu uch ko`rinishda iste’molda bo`lib kelmoqda, ya’ni jo`nalish
kelishigi qo`shimchasi uch variantli qo`shimcha hisoblanadi. Nutqda ularning
qo`llanishi to`la o`zini oqlaydi. Bundan tashqari, jo`nalish kelishigining
quyidagi variantlari bor:
a)
Qisqargan varianti: - a o`g’uz lahjasida - uya bordim
b)
Tarixiy varianti: - ra, - ru, - garu, - g’aru, -karu, - qaru
c)
Poetik varianti: -g`a, - na ustina kabi
Chiqish kelishigining invarianti -dan affiksidir. Orfoepik varianti esa -tan .
Bunga qo`shimcha qilib boshqa darsliklarda -din, - tin affikslari chiqish
kelishigining mumtoz (poetik) varianti sifatida qo`llanishi ta’kidlangan.
Qadimgi turkiy tillarda kelishigi variantliligi. Turkiy tillar kelishiklar tizimi haqida gap borganda, avvalo, turkiy tillarning
eng qadimgi bobo til davridagi kelishiklar tizimi ko`zda tutilsa, ikkinchidan,
turkiy tillarning mustaqil tillar va lahjalarga ajralish va undan keyingi
taraqqiyoti davridagi kelishiklar tizimining holati ko`zda tutiladi.
Hozirgi turkiy tillarda jumladan, yoqut tilida 5 ta kelishik, gagauz, turk
tillarida 7 ta kelishik shakllariga ega bo`lib, boshqa hamma turkiy tillar 6 ta
kelishik shakllarga ega.
Bosh kelishik qadimgi turkiy tillarda ham hozirgi turkiy tilda ham maxsus
ko`rsatkichiga ega bo`lmagan, nol korsatkichlidir. Bu kelishik boshlang’ich shakl
sifatida boshqa kelishiklaga zid qo`yiladi. Qaratqich kelishigi qadimgi turkiy
tillarda mavjud bo`lmagan biroq, hozirgi turkiy tilda qaratqich kelishigi eng
ko`p variantli kelishik shakllaridan biri bo`lib, bu shakllar quyidagicha
guruhlanadi:
1) – ning : tatar, o`zbek, uyg’ur tillariga xos- bashing, o`quvchining, bizning;
2) – nung/ - nong/ - ding/ - dung/ - dong/ - ting/ - tung/- tong oltoy, boshqird,
tuva, xakas, shor tillari: toning, molding, gulding, bezzeng;
3) - nin/ - nun/ - din/ - dun/- tin/ - tun: qirg’iz tili - balanin, tonun, tondun,
oqtun, bizdin;
4) –nin / - nun qaraim tili- atanin, atnin;
5) –in/ un/ - nung turkman tili - ag’ajin, oquvchining, onung:
6) –in/ -un/ - nin/ - nun ozarbayjon, gagauz, turk- kitobin, arabanin, onlarin,
benim, bizim;
7) - ni/ -nu : qorachoy- balqar, qumiq - burnu, baynu;
8) – ni / -di / - ti / - mi / - zi / - si / - ti / -ri / - xi / - chi / - li / - vi : o`zbek tili
Toshkent dialiekti - nonni, otti, tommi, tuzzi, ishshi, egarri, tolli, suvvi;
9) – n / - en chuvash tili pullen (baliqning) , tiren (terining), lajan (otning),
piren (bizning) va boshqalar.