Kelishik kategoriyasining variantliligi


www.scientificprogress.uz



Yüklə 417,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix15.06.2023
ölçüsü417,27 Kb.
#130461
1   2   3   4   5   6   7
kelishik-kategoriyasining-variantliligi

www.scientificprogress.uz
 
Page 349
tillarda jo`nalish kelishigining - a va - e shakli keng tarqalgan shakli bo`lgan,
shuning uchun bu shakl hozirgi turkiy tillarda ham saqlanib qolgan: turk
tas + a (kosaga), turkman ova+ a (ovulga), ozarbayjon ox + a (oqqa), chuvash jal 
+ a (qishloqqa) , tatar atim + a , qirg’iz enem + e , qozoq qaram + a kabi.
Jo`nalish kelishigi qo`shimchalarini qaysi turkiy tillarda mavjudligiga ko`ra
turli guruhlarga ajratish mumkin :
1) qipchoq, qarluq , uyg’ur guruh tillari va sibir, oltoy turkiy tillarning
barchasida - g’a (-qa, - ja), - qa / - xa / - g’o / - qo / - xo : oltoy a jilga (uyga) , 
janashqa (chaylaga) , toygo, toshko (muzga), qaraim atag’a, atg’a, atqa, maa
(menga), bizga, qirg’iz molg’a , tong’o , atqa, mang’a (menga), yoqut dolg’a
(suruvga) , qisqa (qizga), inaxka (sigirga), qunangga (ho`kizga), atasina, tatar
babasina va boshqalar; 
2) xakas tili va dialektlarida - g`aa / - qaa / - xaa : tag’aa (toqqa), sag’a
(senga), ag’a ( unga), palaag’a (bolaga) kabi ; 
3) o`g’uz guruh tillar qisman oltoy, xakas, shor tillarida - a / - ja ozarbayjon 
adama , gapuja (eshikka), mene, ona, saa (senga), gagauz qira (dalaga), masaja 
(stolga), sokaa (ko`chaga), bana (menga), turkman gechaa (echkiga) , durnaa ( 
turnaga), xakas tag’a (toqqa) va boshqalar;o 
4) chvash tilda - a / - na (-ja): xira ( dalada), xulan ( shaharda), mana 
(menga) kabi.
Qadimgi turkiy tilda hozirgi tillar uchun arxaik hisoblangan - gari – qari / - 
g’ari / - qari varianti ham bo`lgan. Hozirgi o`zbek tilidagi ilgari, ichkari, tashqari
kabi so`zlar tarkibida uchraydigan - gari, - qari, - g’ari affikslari ma’lum
davrlarda hozirgi ma’nosi singari jo`nalish ma’nosini anglatgan va shu kelishik
affiksi bo`lgan , lekin kelishik o`zi qo`shilib kelgan negiz bilan birga ajralmas
butunlikka aylanib, o`rin va payt ravishlarga o`tib qolgan. Masalan, oltoy
tishqari, eringari (kechqurun) , ichkari, kuskari (ko`zga) 
, gagauz , turk ileri ,
icheri, dishari, balqar ichkari, tishxari, og’ari (yuqori) kabi. 

Yüklə 417,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin