Kelishik kategoriyasining variantliligi


www.scientificprogress.uz



Yüklə 417,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix15.06.2023
ölçüsü417,27 Kb.
#130461
1   2   3   4   5   6   7
kelishik-kategoriyasining-variantliligi

www.scientificprogress.uz
 
Page 346
Kelishik affikslari ham egalik affikslari kabi nutqda turli variantlarda qo`llaniladi.
Misol sifatida qaratqich kelishigi invariant shaklining variantlarini kuzataylik:
a) 
Poetik varianti: bog’in mevasi 
b) 
Tarixiy varianti: manim bog’im 
c) 
Dialektik varianti: kitobing 
d) 
Fonetik varianti: mening
Kelishik paradigmasida kirish huquqiga faqat invariant shaklining -ning ega. 
Tushum kelishigi invarianti - ni 
a) poetik varianti –I, - n bulardan -I varianti I, II shaxs birlik kishilik
olmoshi negiziga qo`shiladi: men+ I, sen+I; Tushum kelishigi affiksining bu
adabiy varianti ham qaratqich kelishigi affiksining jonli so`zlashuvga xos
varianti bilan omonimlik hosil qiladi: mani chaqirdi, meni kitopim kabi. Tushum
kelishigi affiksining uchinchi morfologik varianti -n poetik nuqtda uchraydi,
odatda III shaxs egalik egalik affiksidan keyin qo`llaniladi: 
Tinim yo`q, har nafas sen yozar, 
Bahor yechib o`z tugunchagi
Tonggi kurtak, oqshomi g’uncha,
Sahar turib ochar chechagin 
Shu nutqda ham tushum kelishigi bilan qaratqich kelishigi affikslari
orasida omonimya voqe bo`ladi. 
b) tarixiy varianti: -g, - ig, - g’, - ig’
c) dialektal varianti: - di, - ti 
d) qisqargan varianti: - n 
Jo`nalish kelishigining asosiy invariant ko`rsatkichi – ga qo`shimchasidir. Bu
yetakchi invariant sifatida qabul qilingan asosiy til birligidir. Aslida,
singarmonizm ta’sirida bu affiks qattiq va yumshoq varintlarga ega -qa (qattiq),
-ka (yumshoq) hamda hatto - g’a (oraliq- qorishiq) qo`llaniladi. Hozirgi o`zbek
tilining qipchoq shevalarida, eski o`zbek tilida -g’a varianti keng qo`llangan.
Biroq hozirgi o`zbek adabiy tili uchun bu shakl me’yoriy hisoblanmaydi.
Ya’’ni iste’moldan chiqqan, ishlatilmaydi. 
-ga affiksning -qa va - ka variantlari shakl hosil qiluvchi asosining
qanday tovush bilan tugashiga qarab, o`rni bilan keng qo`llaniladi va bu holat
hozirgi adabiy tili uchun me’yoriy holat hisoblandi: quchoq+ qa = quchoqqa,
tilak+ ka = tilakka, bilak+ ka = bilakka kabi. 
Hozirgi imlo qoidalariga tog’, bog’ kabi shakl yasovchi asoslarga - ga
affiksi shu ko`rinishda qo`shiladi: tog’+ga, bog’+ga kabi. 
Biroq og’zaki nutq talaffuz me’yoriga ko`ra, bu so`zlar toqqa, boqqa
ko`rinishda ishlatiladi va bu me’yoriy holat hisoblanadi. Demak,
qo`shimchalarning -ga, - qa, - ka variantlari hozzirgi o`zbek tili uchun xarakterli


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 417,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin