«Kelishildi» Kollej uslubchisi G. K. Mannonova



Yüklə 269,62 Kb.
səhifə14/59
tarix05.12.2023
ölçüsü269,62 Kb.
#173004
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59
2010-yilgi dastur asosida yozilgan-hozir.org

Sulfat kislota H2SO4–og`ir, rangsiz moysimon suyuqlik. Juda gigroskopik, namlikni yutib ko`p miqdorda issiqlik chiqaradi. Shuning uchun suvni konsentrlangan sulfat kislotaga quyish yaramaydi, kislota sachrab ketadi. Suyultirish uchun suvga oz–ozdan sulfat kislota quyiladi.
Sanoatda sulfat kislota olishning kontakt usuli eng katta ahamiyatga ega. Bu usul bilan istalgan konsentratsiyadagi H2SO4 ni, shuningdek oleum, ya`ni SO3 ning H2SO4 dagi eritmasini olish mumkin. Jarayon uch bosqichdan iborat bo`ladi:
1) SO2 olish, 4FeS2 + 11O2 = 2Fe2O3 + 8SO2
2) SO2 ni oksidlab SO3 ga aylantirish, 2SO2 + O2 ↔ 2SO3
3) SO3 dan H2SO4 olish, SO3 + H2O = H2SO4
Suvsiz H2SO4 70 % gacha SO3 ni eritadi. Odatdagi haroratda u uchuvchan emas va hidsiz. Qizdirilganda tarkibida 98,3 % H2SO4 bor eritma hosil bo`lgunga qadar SO3 ni ajratib chiqaradi. Suvsiz H2SO4 elektr tokini deyarli o`tkazmaydi.
Konsentrlangan H2SO4 organik moddalardan–shakar, yog`och, tolalardan suv elementlarini tortib olib, ularni ko`mirga aylantiradi. Bunda H2SO4 ning gidratlari hosil bo`ladi.
C12H22O11 + nH2SO4 = 12C + nH2SO4 •11H2O
C + 2H2SO4 = CO2 + 2SO2 + 2H2O
Uchuvchan bo`lmagan kuchli H2SO4 quruq tuzlardan boshqa kislotalarni siqib chiqaradi. Masalan,
NaNO3 + H2SO4 = NaHSO4 + HNO3
Suyultirilgan H2SO4 standart potensiallar qatorida vodoroddan oldinda joylashgan metallarni eritadi.
Konsentrlangan H2SO4 qizdirilganda deyarli barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan:
Cu + 2H2SO4 (kons) = CuSO4 + SO2↑ + 2H2O
H2SO4 bosqich bilan dissotsilanadi:
H2SO4 ↔ H+ + HSO4 HSO4 ↔ H+ + SO42–
U ikki asosli kislota bo`lgani uchun ikki qator tuzlar (sulfatlar va gidrosulfatlar) hosil qiladi.
H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2H2O H2SO4 + NaOH = NaHSO4 + H2O
H2SO4 + BaCl2 = BaSO4↓ + 2HCl Na2SO4 + BaCl2 = BaSO4↓ + 2NaCl
SO42– + Ba2+ = BaSO4

Yüklə 269,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin