Reja. -Metalmaslar va ularning davriy jadvaldagi o’rni.
- Galogenlar guruhchasi elementlarining xossalari.
- Xlor, olinishi, xossalari va ishlatilishi.
- Vodorod xlorid va xlorid kislota.
Barcha metallmaslar uchun xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlash uchun avvalo ularning D. I. Mendeleyev elementlar davriy jadvalidagi joylashgan o`rniga e`tibor berish va atomlarining tashqi energetik pog`onasidagi elektronlar sonini aniqlash lozim. Metallmaslar asosan kichik va katta davrlarning oxirida joylashadi, ular atomlarining tashqi elektronlar soni esa bosh guruhchalardagi barcha elementlar atomlarida bo`lgani kabi guruh raqamiga teng. Ma`lumki, davrda elektronlar biriktirib olish xususiyati nodir gazga yaqinlashgan sari, guruhda esa–atomning radiusi kamaygan sari, boshqacha aytganda pastdan yuqoriga tomon ortib boradi.
Be elementidan At elementiga tomon diagonal o`tkazilganda, diagonalning yuqori o`ng qismida metallmaslar, diagonalning pastki chap qismida metallar, diagonal atrofida esa amfoter elementlar joylashadi.
Be Metallmaslar
Metallar At Tashqi elektronlar pog`onasini tugallash uchun metallmaslarning atomlari elektronlar biriktirib oladi va oksidlovchilar hisoblanadi. Ular orasida elektronlarni eng shiddatli biriktirib oladigani ftor atomidir.
Tipik metallmaslar metallar bilan o`zaro ta`sirlashib, ion bog`lanishli birikmalar hosil qiladi, masalan, NaCl–natriy xlorid, CaO–kalsiy oksid, K2S–kaliy sulfid.
Metallmaslar bir–biri bilan reaksiyaga kirishib, kovalent bog`lanishli–qutbli va qutbsiz kovalent bog`lanishli birikmalar hosil qiladi. Masalan, qutbli bog`lanishli birikmalar H2O–suv, HCl–bodorod xlorid, NH3–ammiyak, qutbsizlarga CO2–karbonat angidrid, CH4–metan, C6H6–benzol.
Metallmaslar vodorod bilan uchuvchan birikmalar hosil qiladi, masalan, HF–vodorod ftorid, H2S–vodorod sulfid, NH3–ammiak, CH4–metan.
Metallmaslar kislorod bilan kislotali oksidlar hosil qiladi. Ular ba`zi oksidlarda guruh raqamiga teng maksimal oksidlanish darajasini namoyon qiladi (masalan, SO3, N2O5), boshqalarida esa ancha past oksidlanish darajasini namoyon qiladi (masalan, SO2, N2O3). Kislotali oksidlarga kislotalar muvofiq keladi; bitta metallmasning kislorodli ikkita kislotasi orasida metallmas yuqori oksidlanish darajasini namoyon qiladigan kislotasi kuchliroq bo`ladi. Masalan, nitrat kislota HNO3 nitrit kislota HNO2 dan kuchli, sulfat kislota H2SO4 esa sulfit kislota H2SO3 dan kuchliroq.
Normal sharoitda metallmaslardan vodorod, ftor, xlor, kislorod, azot va nodir gazlar–bular gazlar, brom–suyuqlik, qolganlari–qattiq moddalardir.