«Kelishildi» Kollej uslubchisi G. K. Mannonova


Mavzuga oid tayanch iboralar



Yüklə 269,62 Kb.
səhifə45/59
tarix05.12.2023
ölçüsü269,62 Kb.
#173004
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59
2010-yilgi dastur asosida yozilgan-hozir.org

Mavzuga oid tayanch iboralar.
Ishqoriy metallar, soda, ion, radioaktiv,kristallgidrat.
Mavzuga oid adabiyotlar.

1. I.E.Toshev.R.Ro’ziyev.I.I.Ismoilov.”Anorganik kimyo”. «O`qituvchi», 2004.


2. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
3. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
4. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. “Anorganik kimyo’. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.
6. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.


Mavzu:II-A-guruh metallari-Magniy,Kalsiy, Bariy.
II-B- guruh metallari-Rux,Simob,Kadmiy.
Reja:
  • II-A-guruh metallariga umumiy xarakteristika.


  • Kalsiy va uning olinishi,suvning qattiqligi.


- Gidrooksidlari va tuzlari, olinishi, ishlatilishi.


- II-B- guruh metallariga umumiy xarakteristika.
- Rux, simob, kadmiy metallari, birikmalari,olinishi, ishlatilishi.
Berilliy guruhchasini Be, Mg, Ca, Sr, Ba va Ra elementlari tashkil etadi. Bular s–elementlardir. Atomlarining tashqi energetik pog`onasida ikkitadan elektron bo`ladi. Ular kimyoviy reaksiyaga kirishganida valent elektronlarini berib, +2 ga teng oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Ular ham kuchli qaytaruvchilar hisoblanadi, lekin ular ishqoriy metallarga qaraganda kuchsizroqdir.

7. 2–jadval. Berilliy guruhchasi elementlarining xossalari.



Xossalari

Be

Mg

Ca

Sr

Ba

Ra

1.
2.


3.
4.
5.

6.

Tartib raqami
Valent elektronlari
Atomining ionlanish energiyasi, eV
Nisbiy elektrmanfiyligi
Birikmalarida oksidlanish darajasi
Atom radiusi, nm

4
2s2


27,53
1,47
+2
0,113

12
3s2


26,68
1,23
+2
0,160

20
4s2


17,98
1,04
+2
0,197

38
5s2


16,72
0,99
+2
0,215

56
6s2


15,21
0,97
+2
0,221

88
7s2


15,43
0,97

+2
0,235


Ca dan keyingi elementlarning oddiy moddalari ishqoriy–yer metallari deyiladi. Ular ham kimyoviy birikmalarida ko`pincha ionli bog`lanishli bo`ladi.


Tartib raqami ortishi va ionlanish energiyasi kamayishi bilan elementlarning elektronlar berishi osonlashadi, shuning uchun ularning metallik xossalari kuchayib boradi. Bu hodisa ishqoriy–yer metallarda yaqqol kuzatiladi.
Bu elementlar kislorod bilan RO tipidagi asosli oksidlar hosil qiladi, bu oksidlarga R(OH)2 tipidagi asoslar muvofiq keladi. Asoslarning eruvchanligiga va asos xususiyati Be dan Ra ga tomon ortib boradi. Be(OH)2–amfoter birikma.
Xossalari jihatidan Be bilan Mg boshqa metallardan birmuncha farq qiladi. Masalan, Be suv bialn reaksiyaga kirishmaydi, Mg faqat qizdirilganda, qolgan metallar esa odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishadi:
R + 2H2O = R(OH)2 + H2
Bu metallar vodorod bilan RH2 tipidagi birikmalarni hosil qiladi, ular ham metallarning gidridlari deyiladi. Gidridlarda vodorodning oksidlanish darajasi –1 bo`ladi. Be guruhchasi elementlaridan eng katta ahamiyatga ega bo`lgani Ca dir.

Yüklə 269,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin