Tabiatda uchrashi. Temir alyuminiydan keyin–tabiatda eng ko`p tarqalgan element. Temirning yer po`stlog`idagi umumiy miqdori 5,1 % ni tashkil etadi. Temir ko`pchilik minerallar tarkibiga kiradi. Uning eng muhim rudalari quyidagilar hisoblanadi: magnitli temirtosh Fe3O4, qizil temirtosh Fe2O3, qo`ng`ir temirtosh Fe2O3•H2O, pirit FeS2.
Fizik–kimyoviy xossalari. Temir–yaltiroq kumushrang–oq metall. Zichligi 7,87 g/sm3, suyuqlanish harorati 1539 0C. Temir oson magnitlanadi va magnitsizlanadi. Temir massa sonlari 54, 56, 57 va 58 bo`lgan to`rtta barqaror izotopdan tarkib topgan. Sun`iy yo`l bilan olingan radioaktiv izotoplari ham ishlatiladi.
Temir suyultirilgan sulfat va xlorid kislotalarda eriydi, ya`ni vodorod ionlari ta`sirida oksidlanadi: Fe + 2H+ = Fe2+ + H2↑
Temir yuqori haroratda (700–900 0C) suv bug`lari bilan reaksiyaga kirishadi, qattiq qizdirilgan temir sim kislorodda ravshan alanga berib yonib kuyindi–temir (II,III) oksid hosil qiladi:
3Fe + 2O2 = Fe3O4 3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2↑
Temir isitilganda galogenlar va oltingugurt bilan, yuqori haroratda fosfor, ko`mir, kremniy bilan reaksiyaga kirishadi:
Fe + Cl2 = FeCl2 3Fe + C = Fe3C
Fe + S = FeS Fe + Si = FeSi
Temir (II) oksid FeO–oson oksidlanadigan qora kukun. FeO asos xossalarini namoyon qiladi. Bu oksidga Fe(OH)2 muvofiq keladi.
Temir (II) gidroksid Fe(OH)2havosiz joyda Fe2+ tuzlariga ishqorlar ta`sir ettirilganda oq cho`kma holida hosil bo`ladi. Asos xossalariga ega, havo kislorodi ta`sirida oksidlanib, Fe(OH)3 ga aylanadi.
Fe2O3 + CO = 2FeO + CO2 Fe2+ + 2OH– = Fe(OH)2 4Fe(OH)2 + O2 + 2H2O = 4Fe(OH)3