Favqulodda vaziyatning oldini olish tadbirlari
O‘zbekistan Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning XIV sessiyasida so‘zlagan nutqida «Xozirgi vaqtda terrorizmning tajovuzidan o‘zining holi xis qiladigan birorta qita yoki davlatning o‘zi yo‘k,. Xuddi vabo singari Yer yuzining qurshab mamlakatlariga yoyilib borayotgan bu balo-qazo ertaga kimni nishonga olishini xam oldindan aytish qiyin», deb ta’qidlagan edi. Maktabda favqulotda vaziyatlar havfi tug‘ilganda va yuz berganda harakat kilish rejasi tuziladi. Unda muassasa joylashgan xududidaa yuz berish extimoli bo‘lgan texnogen va tabiiy xususiyatli favqulotda vaziyatlar, portlovchi qurilmalarning topib olinishi, telefon orqali qilinadigan taxdidlar, terorchilik harakatlari oqibatida tarbiyalanuvchilarning garovga olinishi mumkinligi va x,.k. xollar e’tiborga olinishi zarur.
1. Harakat rejasiga:
a) chiqish eshiklari va yong‘in gidrantlari joylashgan yerlar ko‘rsatilgan maktab binosining bosh rejasi;
b) Bo‘lim binosining har bir qavatida joylashgan xonalar, yerto‘la va chordoqlar rejasi (unda xonalardan qanday maqsadlarda foydalanilishi ko‘rsatib qo‘yiladi):
v) har bir xona uchun javobgar shaxslarning ro‘yxati ilova qilinadi.
2. Rejada:
a) evakuatsiya o‘tkaziladigan bo‘lsa, signal kim tomonidan va qanday tartibda berilishi;
b) zaxira eshiklarni kim ochishi;
v) ishchi va xizmatchilar kim rahbarligida binodan olib chiqilishi, ular to‘planadigan joy ishchi va xodimlar ro‘yxatini tekshirib chiqish va bo‘lim rahbariga axborot berish vaqti;
g) Bo‘lim rahbarining evakuatsiya natijalari to‘g‘risidagi axborotni qabul qilib olish joyi;
d) tezkor gurux (qutkaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar, militsiya va x.k.) yetib kelguniga qadar bo‘lim binosini quriqlash kim tomonidan amalga oshirilishi;
e) tezkor guruxni kim kutib olishi va yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida axborot berishi aniq ko‘rsatilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |