Kelishildi” toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, t f. d., professor A. K. Shadmanov


Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi



Yüklə 40,19 Kb.
səhifə7/9
tarix12.10.2023
ölçüsü40,19 Kb.
#154939
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. Djanayev G\' 2-xulosa

Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Lesboxolni qo‘llashda indometasinli gastropatiya kechimida o‘zgargan kalamushlar me’da shilliq qavatining arxitektonikasini tiklash yangi preparatda gastroprotektor ta’sir mavjudligini ko‘rsatadi. Bu lesboxolni nafaqat tajribada, balki klinikada gastropatiyalar bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashda gastroprotektor sifatida tavsiya qilish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:indometasinli gastropatiya kechimida Lesboxol dori vositasidan foydalanish o‘zgartirilgan me’da shilliq qavati arxitektonikasini tiklashga olib keldi. Shu munosabat bilan ushbu dori vositasini gastropatiyani profilaktikasi va kompleks davolashda qo‘llash mumkin bo‘lgan holda davolash sifati oshishi mumkin, bu asoratlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va davolash muddatini qisqartiradi. Bu esa bemorlarni davolash uchun ajratilgan mablag‘ni tejash imkonini beradi.
Xulosa: Lesboxolni indometasinli gastropatiya kechimida qo‘llash o‘zgargan kalamushlar me’da shilliq qavatining arxitektonikasini tiklab, bu preparatda gastroprotektor ta’sir mavjudligi ko‘rsatildi. Gastropatiyani profilaktikasi va kompleks davolashda gastroprotektor sifatida Lesboxolni kiritish kasallik asoratlari rivojlanishining oldini oladi, bu kasallik davomiyligini va davolanish xarajatlarini kamaytiradi.
Djanayev G‘ayrat Yusupovichning “Me’da shilliq qavati jarohatlanishlarida lesboxolning samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022- yil 10- sentyabrdagi 03/3191 - sonli xati yuborilgan.


5-ILMIY YANGILIK
Ilmiy yangilikning mohiyati: tajribada ilk bor lesboxol me’daning motor-evakuator funksiyasini kuchaytirishi, ovqat hazm qilish a’zolarining funksional holatini yaxshilashi va prokinetik ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.

Yüklə 40,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin