Kelishildi” toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, t f. d., professor A. K. Shadmanov



Yüklə 40,19 Kb.
səhifə4/9
tarix12.10.2023
ölçüsü40,19 Kb.
#154939
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. Djanayev G\' 2-xulosa

Ilmiy yangilikning mohiyati: tajribada lesboxolning me’da shilliq qavatini himoyalovchi ta’sir mexanizmlari fukoza, geksoza miqdorini ortishi, eriydigan va erimaydigan glikoproteinlarni, umumiy oqsillar miqdorini oshishi, antioksidant sistema fermentlari katalaza (KT), superoksid dismutaza (SOD) faolligi oshishi asilgidroperoksid (AsGP), malon dialdegidlar (MDA) miqdorini kamayishi bilan bog‘liqligi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: tajribada eksperimental gastropatiya modelida yangi mahalliy fitopreparatning me’da shilliq qavatini himoyalovchi ta’sir mexanizmlarini ochib berilganligi, uning ta’sir mexanizmi me’daning shilliq qavat himoya to‘sig‘ini hosil qiluvchi glikoproteinlar fukoza, geksoza va umumiy oqsil miqdorini oshirishi, antioksidant ta’siri KT va SOD faolligi oshishi, AsGP va MDA miqdorini kamayishi o‘rtasidagi korrelyatsion o‘zaro bog‘liqlik isbotlangan. Erkin radikalli oksidlanish - oksidativ stressning rivojlanishi ko‘pgina patologiyalar, shu jumladan gastropatiyalar patogenezida asosiy bo‘g‘inlaridan biri ekanligi aniqlangan. Hosil bo‘lgan erkin radikallar hujayralarning subhujayra tuzilmalariga, biologik membranalariga zarar yetkazadi. Buning natijasida organlar va tizimlarning disfunksiyasi kuzatiladi. Shundan kelib chiqqan xolda gastropatiyaning oldini olish uchun antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalardan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Lesboxolni profilaktik yuborganda lipidlarning perikis oksidlanish jarayoni susayadi. Bu uning meʼda shilliq qavatidan tayyorlangan gomegenatda MDA (27,3%), AsGP (28,2%) miqdorini kamaytirishi, KT (45,1%) va SOD (40%) faolliklarini oshirishi kuzatildi. Kalamushlar meʼdasining indometasin bilan shikastlanishi me’da shilliq qavati himoya to‘sig‘i kompanentlari fukoza, geksoza va oqsil miqdorining sezilarli kamayishi bilan birga kechadi, bu gastropatiyaning ushbu turida Lesboxol taʼsirida glikoproteinlarning eruvchan fraksiyasida fukoza va geksoza miqdori nazorat guruhi bilan solishtirganda mos ravishda 58,2 va 88,5% ga, erimaydigan fraksiyada esa 22,4% va 34,8% ga ko‘paygan.

Yüklə 40,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin