2.7. Zahira chiqish yo„llarini turli xil buyum va mebellar bilan to„sib qo„yish hamda
eshiklarini ochilmaydigan holatga keltirish.
2.8. Qo„shimcha ravishda o„zboshimchalik bilan xonalar, to„siqlar
va boshqa qurilmalar
barpo etish.
2.9. Yong„in o„chirish asbob anjomlaridan xo„jalik ishlarida foydalanish.
Yong‘in xavfsizligi qoidalari
3.1.Har bir shaxs Yong„in chiqqanda yoki uning alomatlari paydo bo„lganda (harorat
ko„tarilishi, tutun chiqishi va x.k) quyidagi ishlarni bajarish zarur:
darhol korxona direktoriga va keyin zaruriyat bo„lsa telefon orqali Yong„in o„chirish
xizmatiga (shunda ob‟ekt manzili, Yong„in chiqqan joy va familiyani aytish zarur) xabar
berish;
imkoniyat boricha
odamlarni evakuatsiya qilish, Yong„inni o„chirish va
moddiy boyliklarni
saqlash bo„yicha choralar ko„rish.
3.2.Tashkilotda Yong„in o„chirish uchun kukunli (poroshokli) o„t o„chirgichlar mavjud. Ular
bilan qattiq narsalar, suyuqliklar, gaz, kuchlanishi 1000 volbtgacha bo„lgan elektr
uskunalarini o„chirish mumkin. Yong„in o„chirish uchun o„t o„chirgichni xalqasi uziladi va
dastag bosiladi, bunda o„t o„chirgichning kukun chiqaruvchi teshigidan kukun 0.5-1 m
masofadan Yong„inga sepiladi. Yong„in o„chirish paytida
oynalarni ochish, ventillyasiyani
yoqish man etiladi, chunki bu Yong„inni tez rivojlanishiga olib keladi.
3.3 Elektr toki kuchlanishida bo„lgan anjomlarda chiqqan Yong„inni suv va ko„pikli o„t
o„chirgichlar bilan o„chirish qat‟iyan man etiladi.
3.4. Ishlatilgan va nosoz o„t o„chirgichtarni Yong„inga tashlash mumkin emas, chunki bu o„t
o„chirgichlarning portlashiga olib kelishi mumkin.
Yong„in o„chirish paytida Yong„in bilan binodan chiqish joylari to„sib qo„yilmaganiga
qarab
turish zarur.
Yong„in o„chirilgandan keyin xonalarni tutundan tozalash maqsadida havosini almashtirish
kerak.