4- mavzu. Gomofunktsional birikmalar
Stereokimyo elementlari. Optik izomeriya. Optik izomerlar nomenklaturasi. Asimmetrik atomlar va xiral markaz. Molekulyar asimmetriyaning vujudga kelish sabablari. D, L va R, S nomenklatura. Ratsematlanish. Enantiomeriya. Diastereomeriya. Stereoizomer, enantiomer va diastereomerlar konfiguratsiyasini aniqlash usullari. Konformatsiyalarning barqarorligi. Proektsion formulalar. To‘silgan va to‘xtatilgan konformatsiya.
Alifatik qator uglevodorodlarining monogalogenli hosilalari, ularning nomlanishi, izomeriyasi. Olish usullari: to‘yingan uglevodorod vodorod atomining galogenga almashinishi, qo‘sh bog‘ga birikish reaksiyalari, spirtlarning gidroksil guruhini almashtirish.
Monogalogenalkanlarning kimyoviy xossalari. Galogenli birik-malarning reaksiyaga kirishish qobiliyati va ularning nukleofil almashinish reaksiyalari. Ambidient ionlar. Kornblyum qoidasi. Fazalararo kataliz. Monogalogenalkanlardagi galogen atomlarining nukleofil almashinish va degidrogalogenlash reaksiyalari. Reaksiya mahsulotlari nisbatining nukleofil va asosning tabiatiga, kontsentratsiyasiga, galogenalkanning tuzilishiga, erituv-chining tabiatiga bog‘liqligi. Galogenalkanlarni qaytarish, ularning metallar bilan reaksiyasi: metallorganik birikmalar olish. Galogenli birikmalarning nukleofil almashinish reaksiyalarida boradigan qo‘shimcha reaksiyalar. Ajralish reaksiyalari. E1 va E2 mexanizmdagi reaksiyalar. Galogenli birikmalar asosida metallorganik birikmalar sintezi.
To‘yinmagan galogenbirikmalar. Vinilxlorid. Allilxlorid. Olinish usullari. To‘yinmagan galogenli birikmalarning fizik-kimyoviy xossalarining shaklanishida galogen atomi tabiati va qo‘sh bog‘ning ta’siri.
Di- va poligalogenli birikmalar. Galogenli birikmalarning ishlatilishi.
Dostları ilə paylaş: |