2-mavzu. Sifatiy analiz usullarining sinflanishi.
Ochish va identifikatsiyalash usullarini tanlash va ularning vazifalari. Atomlar, ionlar, molekula va moddalarni identifikatsiyalash. Bo‘laklab va sistematik analiz qilish. Anorganik va organik moddalarni ochish va identifikatsiyalashning fizik usullari. Mikrokristalloskopik analiz, pirokimyoviy analiz. Sifat analizining xromatografik usullari. Analizning ho‘l va quruq usullari.
3-mavzu. Kimyoviy analizning metrologik asoslari.
Asosiy metrologik tushunchalar va tavsiflar: o‘lchash, o‘lchash usullari va asboblari. O‘lchash natijalariniing haqiqiyligini ta’minlaydigan asosiy prinsiplar va uslublar. Kimyoda matematik ifodalar, metrologik tushunchalar va tavsiflar. Analizdagi xatoliklarining sinflanishi. Sistematik, tasodifiy, qo‘pol, absolyut va nisbiy xatoliklar. Analizning asosiy bosqichlari. Analiz uchun usul tanlash va analiz sxemasini tuzish. Analiz usulining asosiy tavsiflari: natijalarning to‘g‘riligi va takrorlanuvchanligi, sezgirlik koeffitsienti, miqdoriy aniqlashning quyi va yuqori chegaralari.
Dostları ilə paylaş: |